Hera zondi DART urgan asteroidga yetib bordi
Hera 2024 yil 7 oktyabrda uchirilgan va 2026 yil noyabr boshida Didim–Dimorf juft asteroidiga yetib keldi. 25 noyabrda ESA Dimorfning ilk yaqin suratlarini e'lon qildi.

Rasm: Virtual laboratoriya (3D tasvir)
2022 yil sentyabrida NASA'ning DART zondi sekundiga 6 kilometrga yaqin tezlikda Dimorf asteroidiga ataylab urildi. Bu sayyoramizni himoya qilish bo'yicha birinchi sinov edi: agar kelajakda biror asteroid Yerga xavf solsa, uni zarba bilan yo'lidan chalg'itish mumkinmi? Zarbadan keyin Dimorfning katta asteroid Didim atrofida aylanish davri taxminan 33 daqiqaga qisqardi — kutilganidan ancha ko'p.
Endi bu «hodisa joyi»ni tekshirish navbati Hera zondiga keldi. Didimning kattaligi taxminan 780 metr, Dimorfniki esa 151 metr. Hera avval Didimni bir necha o'n kilometr masofadan suratga oldi: suratlarda Dimorf deyarli butunlay Didimning soyasida qolgan edi. 25 noyabrda esa Yevropa kosmik agentligi Dimorfning batafsil suratlarini e'lon qildi.
Hera kamida olti oy davomida asteroidlar yonida ishlaydi. U Dimorfning aniq massasi va ichki tuzilishini o'lchaydi, DART qoldirgan kraterni xaritaga tushiradi va oxirida unga bir kilometrgacha yaqinlashadi. Zond yonida ikkita kichik sun'iy yo'ldosh — Milani va Juventas ham bor, ular asteroidlarni yanada yaqindan o'rganadi.
Laboratoriyada sinab ko'ringNyuton mayatnigiSaytdagi 3D laboratoriya →Telegramda ulashishManbalar: ESA — Hera · DLR · Watchers