Virtual Laboratoriya
3D fizika simulyatorlari

Mexanizm ichini ko'ring, fizikasini o'lchang

Har bir model haqiqiy o'lchamlar va fizik formulalar asosida qurilgan. Detallar qanday harakatlansa, paneldagi bosim, harorat va quvvat ham xuddi shunday hisoblanadi.

Uch tilda: UZ · RU · EN Laboratoriya ishlari bilan Turli planetalar sharoitida
Bir silindrli to'rt taktli dvigatelning 3D modeli: kesilgan silindr, porshen, shatun, tirsakli val va klapanlar
Nima bilan farq qiladi

Animatsiya emas, kichik fizik model

Raqamlar formuladan olinadi

Paneldagi har bir ko'rsatkich detallarni harakatlantiradigan formuladan hisoblanadi. Shuning uchun ko'rinish va raqam hech qachon bir-biriga zid kelmaydi.

s = r·cos φ + √(L² − r²·sin²φ)

Jarayonni bosqichma-bosqich ko'rsatish

Tugmani bossangiz, model kerakli bosqichni sekin o'ynab to'xtaydi. O'qituvchi har bir taktni tushuntirishga ulguradi, o'quvchi ±15° qadam bilan o'zi aylantirib ko'radi.

Proyektor va sinf uchun

Och fon, yirik yozuvlar va namoyish rejimi: dars boshlanguncha model o'zi ko'rinishlarni almashtirib turadi. Kuchsiz kompyuterda sifat avtomatik moslashadi.

Katalog

Modellar

Har bir model darslikdagi aniq mavzuga bog'langan. Yangi modellar shu ro'yxatga birma-bir qo'shib boriladi.

Ichki yonuv dvigateli modeli
Fizika · Issiqlik dvigatellariTayyor

Ichki yonuv dvigateli

To'rt takt, klapanlar, P–V diagramma, gaz harorati va ideal FIK.

Ochish →
Matematik mayatnik modeli: shtativ, ip, sharcha va transportir
Fizika · Mexanik tebranishlarTayyor

Matematik mayatnik

Laboratoriya ishi: sekundomer bilan davrni o'lchash, T²(l) grafigi va g ni aniqlash.

Ochish →
Gidravlik press modeli: ikki silindr, moy, manometr va 100 kg yuk
Fizika · Paskal qonuniTayyor

Gidravlik press

Laboratoriya ishi: yukni ko'taradigan eng kichik kuchni topish va kuchdan yutuqni S₂/S₁ bilan solishtirish.

Ochish →
Richag modeli: shkalali richag, tayanch, ikki tomonda jez yuklar va burchak shkalasi
Fizika · Kuch momentiTayyor

Richag

Laboratoriya ishi: richagni muvozanatga keltirib F₁·l₁ = F₂·l₂ shartini tekshirish. Ikki o'yin: «Bashorat» va «Muvozanatchi».

Ochish →
Elektr generatori modeli: N va S qutblar orasida aylanayotgan mis ramka, voltmetr va lampochka
Fizika · ElektromagnetizmTayyor

Elektromagnit induksiya

Laboratoriya ishi: generator ramkasining aylanish chastotasini o'zgartirib, EYuK amplitudasi E₀ ~ f ekanini tekshirish.

Ochish →
Amper kuchi: magnit maydondagi tokli mis sterjen va B, I, F vektorlari
Fizika · ElektromagnetizmTayyor

Amper kuchi

Relslar ustidagi mis sterjen neodim magnitlar ustida turadi: tok yoqilganda maydon uni itaradi. Kuch datchigi, teslametr va ampermetr bilan o'lchanadi, chap qo'l qoidasi vektorlar bilan ko'rsatiladi. Laboratoriya ishi: F(I), F(B), F(L), F = B·I·L.

Ochish →
Elektron nuri Gelmgols g'altaklari maydonida aylana chizmoqda
Fizika · ElektromagnetizmTayyor

Elektron nuri: e/m

Qorong'i shisha sharda ko'kish elektron nuri Gelmgols g'altaklari maydonida aylanaga egiladi, trubka burilsa spiral chizadi. Lorens kuchi vektorlar bilan ko'rsatiladi. Laboratoriya ishi: aylana diametrini o'lchab, elektronning solishtirma zaryadi e/m ni topish.

Ochish →
Tesla g'altagi: qorong'i xonada toroiddan otilayotgan binafsha chaqmoqlar
Fizika · ElektromagnetizmTayyor

Tesla g'altagi

Qorong'i xonada toroiddan tarmoqlangan chaqmoqlar otiladi, lyuminessent lampa simsiz yonadi, chaqmoq yerga ulangan sterjenga uriladi. Qurilma qismlarga ajratib ko'rsatiladi, ishlash prinsipi bosqichma-bosqich. Laboratoriya ishi: rezonans egri chizig'i va L₁C₁ = L₂C₂ sharti.

Ochish →
Gazdagi razryad: neon, argon, vodorod va simob bug'i turli rangda yonmoqda
Fizika · Gazlarda elektr tokiTayyor

Gazdagi elektr razryadi

Nasos havoni so'rgan sari trubkadagi razryad o'zgaradi: uchqunsimon iplar, tekis nurlanish, yorug'-qorong'i qatlamlar, katod nurlari. Havo, neon, argon, geliy, vodorod va simob bug'i har biri o'z rangida yonadi, spektroskopda chiziqlari ko'rinadi. Laboratoriya ishi: Pashen egri chizig'i, noma'lum gazni spektridan aniqlash.

Ochish →
Plazma shar: barmoq tekkan joyga plazma iplari yig'ilgan, lampa simsiz yonmoqda
Fizika · Gazlarda elektr tokiTayyor

Plazma shar

Shisha shar ichida markazdan rang-barang plazma iplari tarqaladi, sharga barmoq tekkizilsa iplar o'sha joyga yig'iladi. Gazni almashtirish, musiqa rejimi, ichki tuzilishi. Lyuminessent lampa simsiz yonadi. Laboratoriya ishi: lampa yonish chegarasi r_max(U) va maydon E₀.

Ochish →
Arximed kuchi qurilmasi: shtativ, dinamometr, suvga botirilgan silindr, to'kiluvchi idish va mensurka
Fizika · GidrostatikaTayyor

Arximed kuchi

Laboratoriya ishi: jismni suyuqlikka botirib Arximed kuchini o'lchash va uni siqib chiqarilgan suyuqlik og'irligi bilan solishtirish.

Ochish →
Guk qonuni qurilmasi: shtativga osilgan prujina, chizg'ich, qizil ko'rsatkich va 100 g lik yuklar
Fizika · ElastiklikTayyor

Guk qonuni

Laboratoriya ishi: prujinaga yuk osib cho'zilishini o'lchash va uning bikrligini (k) aniqlash.

Ochish →
Prujinali mayatnik: shtativga osilgan prujina, 100 g lik yuklar, chizg'ich va tebranish grafigi
Fizika · Mexanik tebranishlarTayyor

Prujinali mayatnik

Laboratoriya ishi: sekundomer bilan tebranish davrini o'lchash va uni T = 2π√(m/k) formulasi bilan solishtirish.

Ochish →
Gaz qonunlari qurilmasi: porshenli kulrang shaffof silindr, manometr, raqamli termometr va termostat
Fizika · Molekulyar fizikaTayyor

Gaz qonunlari

Laboratoriya ishi: uchta gaz qonunini tekshirish — Boyl–Mariott (T = const), Gey-Lyussak (p = const) va Sharl (V = const), harorat 1 K dan 700 K gacha.

Ochish →
Giroskop: sharnirga tayangan gorizontal o'qdagi aylanuvchi rotor, burchak tezligi datchigi va raqamli displeylar
Fizika · MexanikaTayyor

Giroskop

Pretsessiya Yer, Oy, Mars va Yupiterda. «Kattaliklar» tugmasi L, mg, M va Ω vektorlarini ko'rsatadi. Laboratoriya ishi: Ω = m·g·r / (I·ω) qonunini tekshirish.

Ochish →
Kardan giroskopi: ikki halqa ichida aylanuvchi rotor, osilgan yuk, burilma asos va burchak shkalasi
Fizika · MexanikaTayyor

Kardan giroskopi

Namoyish: rotor aylansa o'q yo'nalishini saqlaydi, aylanmasa halqalar mayatnikdek tebranadi. Laboratoriya ishi: yuk osib Ω = M / L ni tekshirish.

Ochish →
Kinetik halqalar: mis yoyga osilgan uchta ichma-ich halqa, markazda qora shar, taglikda elektromagnit
Fizika · TebranishlarTayyor

Kinetik halqalar

Namoyish: uchta bog'langan mayatnikda kinetik va potensial energiyaning almashinishi, ishqalanish tufayli so'nish va elektromagnit bilan majburiy tebranish. Yer, Oy, Mars va Yupiterda taqqoslash.

Ochish →
Nyuton mayatnigi: ramaga ikki ipda osilgan beshta po'lat shar va ularning impuls vektorlari
Fizika · MexanikaTayyor

Impulsning saqlanishi

Nyuton mayatnigi: elastik (po'lat) va noelastik (plastilin) urilishlar. Har bir urilishdan oldingi va keyingi impuls hamda energiya jadvalga yoziladi.

Ochish →
Maksvell mayatnigi: ikki ipga osilgan po'lat halqali disk, chizg'ichli ustun, fotodatchik va sekundomer
Fizika · Aylanma harakatTayyor

Maksvell mayatnigi

Laboratoriya ishi: tushish vaqtini o'lchab diskning inersiya momentini aniqlash. Ideal model va ishqalanishni hisobga oladigan variant (h₁ orqali tuzatish).

Ochish →
Bronza zambarak yog'och aravachada va o'lchov lentasi
Fizika · KinematikaTayyor

Burchak ostida otilgan jism

Zambarak: otish burchagi har 5° da, boshlang'ich tezlik 5–50 m/s, boshlang'ich sath 0–50 m, havosiz va havo qarshiligi bilan. Laboratoriya ishi: uchish uzoqligining burchakka bog'liqligi va uchish vaqtidan g ni aniqlash.

Ochish →
Mayatnikli skelet soat: anker mexanizmi, yurish g'ildiragi, tishli uzatma va siferblat
Fizika · TebranishlarTayyor

Mexanik soat

Anker mexanizmi ichidan: mayatnik, yurish g'ildiragi va tishli uzatma qanday ishlaydi. Laboratoriya ishi: mayatnik uzunligini o'zgartirib davrni o'lchash, g ni topish va soatni aniq yuradigan qilib sozlash.

Ochish →
Kulonning burama tarozisi: zaryadlangan sharlar, maydon chiziqlari va burchak shkalasi
Fizika · ElektrostatikaTayyor

Kulon qonuni

Kulonning burama tarozisi: zaryadlar, masofa va muhit (vakuum, havo, kerosin, glitserin). Laboratoriya ishi: F ~ 1/r² va F ~ q₁q₂ ekanini ko'rsatish, k va muhitning ε sini aniqlash.

Ochish →
Elektrofor mashinasi: qarama-qarshi aylanuvchi disklar va sharlar orasida uchqun
Fizika · ElektrostatikaTayyor

Elektrofor mashinasi (Uimshurst)

Ikki disk qarama-qarshi aylanib, folga sektorlari zaryadni taroqlarga tashiydi, Leyden bankalari to'ladi va sharlar orasida uchqun chaqnaydi. Zaryadlar ishorasi, orqa tomon, qorong'i xona. Laboratoriya ishi: teshilish kuchlanishi U_b(d) → E_b va uchqunlar chastotasidan sig'im C.

Ochish →
Van de Graaf generatori: gumbazdagi sochlar tikka turgan, razryad sharchasiga uchqun
Fizika · ElektrostatikaTayyor

Van de Graaf generatori

Rezina tasma zaryadni metall gumbazga olib chiqadi: gumbazdagi sochlar tikka turadi, yerga ulangan sharchaga uchqun sakraydi. Ichki tuzilishi va zaryadlar harakati ko'rsatiladi. Laboratoriya ishi: V_max = E_c·R bog'lanishi va maydon E(r) dan gumbaz zaryadi Q.

Ochish →
Diodli ko'prik to'g'rilagich platasi, laboratoriya manbai va ossillograf
Fizika · Yarimo'tkazgichlar fizikasiTayyor

Diod va o'zgaruvchan tokni to'g'rilash

Bosma platada kremniy, germaniy diodlari va yorug'lik diodlari, bir yarim davrli va ko'prik to'g'rilagich, silliqlovchi kondensatorlar. Ossillografda kirish va chiqish kuchlanishi, p–n o'tish ichidagi kovak va elektronlar. Laboratoriya ishi: diod VAX → ochilish kuchlanishi U_th va pulsatsiya ΔU(1/C).

Ochish →
Elektr zanjiri: batareya, kalit, reostat, rezistorlar, ampermetr, voltmetr va o'tkazgich namunasi
Fizika · Elektr tokiTayyor

Om qonuni

Zanjirni o'zingiz yig'ing: batareya, kalit, reostat, rezistorlar, ampermetr va voltmetr; noto'g'ri ulanish oqibatlari ko'rinadi. Laboratoriya ishi: I(U) grafigi, ketma-ket va parallel ulanish, o'tkazgichning solishtirma qarshiligi ρ.

Ochish →
Tebranish konturi: yassi kondensator qoplamalari orasidagi elektr maydon
Fizika · Elektromagnit tebranishlarTayyor

Tebranish konturi

Yassi kondensator va g'altak: qoplamalar orasidagi elektr maydon va g'altakning magnit maydoni navbatma-navbat almashadi; qarshiliksiz va qarshilik bilan. Laboratoriya ishi: davrning C va L ga bog'liqligi, Tomson formulasi T = 2π√(LC) ni tekshirish.

Ochish →
Elektr dvigatel: magnitlar orasidagi tokli ramka va kesimdagi o'zgarmas tok dvigateli
Fizika · ElektromagnetizmTayyor

Elektr dvigatel

Yuqorida — ishlash prinsipi: magnitlar orasidagi tokli ramka, Amper kuchlari va kollektor. Pastda — haqiqiy dvigatel kesimda: qutblar, chulg'amlar, yakor, kollektor va cho'tkalar. Laboratoriya ishi: Amper kuchi F(I), aylanish chastotasi n(U), yuk ostida tok va FIK.

Ochish →
Transformator: po'lat o'zak, birlamchi va ikkilamchi g'altaklar, multimetrlar va lampa
Fizika · Elektromagnit induksiyaTayyor

Transformator

Ikki g'altak va ustki bog'lovchi qismi olinadigan po'lat o'zak; o'zakda magnit oqimi ko'rinadi. Laboratoriya ishi: transformatsiya koeffitsienti U₂/U₁ = N₂/N₁, o'zakning roli, yuk ostida quvvat va FIK.

Ochish →
Fuko mayatnigi: shkalali qumli doira, keglilar va tebranish tekisligi
Fizika · MexanikaTayyor

Fuko mayatnigi

Yerning aylanishini ko'rsatuvchi 67 metrli mayatnik: tebranish tekisligi buriladi, shar keglilarni yiqitadi, qumda iz qoladi. Qutb, Toshkent, ekvator va janubiy yarim sharda. Laboratoriya ishi: burilish burchagi α(t), ω = Ω·sin φ va Yerning aylanish davri.

Ochish →
Qiya tekislik: sharnirli taxta, brusok, transportir, fotodatchik va taymer
Fizika · MexanikaTayyor

Qiya tekislik

Burchagi 0–60° o'zgaradigan taxta, almashtiriladigan sirtli brusok, dinamometr va fotodatchik; brusokka ta'sir qiluvchi kuchlar strelkalarda ko'rinadi. Laboratoriya ishi: ishqalanish koeffitsienti μ = F/N, sirpanish tezlanishi a(α) va qiya tekislik FIK.

Ochish →
Atvud mashinasi: blok, ikkita teng yuk, qo'shimcha yuk, halqa va chizg'ich
Fizika · MexanikaTayyor

Atvud mashinasi

Blok orqali o'tgan ipdagi ikkita teng yuk, qo'shimcha yuklar, olib qoluvchi halqa, platforma va elektron sekundomer; ip taranglik va og'irlik kuchlari ko'rinadi. Laboratoriya ishi: h = at²/2, a = mg/(2M + m) orqali g ni aniqlash, halqadan keyingi tekis harakat tezligi.

Ochish →
Turg'un to'lqinlar: generator, vibrator, tebranayotgan ip, blok va osma yuk
Fizika · Tebranishlar va to'lqinlarTayyor

Turg'un to'lqinlar (Melde tajribasi)

Generator va vibrator ipni tebratadi; rezonansda tugun va do'ngliklar paydo bo'ladi, stroboskop tebranishni sekinlashtirib ko'rsatadi. Laboratoriya ishi: garmonikalar fₙ = n·f₁, to'lqin tezligi v = √(T/μ) va ipning chiziqli zichligi, f₁ ning ip uzunligiga bog'liqligi.

Ochish →
Xladni figuralari: tebranayotgan po'lat plastinkada qum tugun chiziqlariga yig'ilgan
Fizika · Tebranishlar va to'lqinlarTayyor

Xladni figuralari

Signal generatori va tebratgich po'lat plastinkani tebratadi: rezonansda plastinka jaranglaydi, qum tugun chiziqlariga yig'ilib naqsh chizadi. 12 ta naqshdan iborat atlas. Laboratoriya ishi: Xladni qonuni f ≈ C·(n² + m²), f ∝ 1/L², f ∝ h.

Ochish →
Markazga intilma kuch: motor, aylanuvchi reyka, aravacha, kuch datchigi va fotodatchik
Fizika · MexanikaTayyor

Markazga intilma kuch

Motor aylantiradigan reykadagi aravacha ip orqali kuch datchigiga bog'langan; fotodatchik aylanish davrini o'lchaydi, kuch va tezlik vektorlari ko'rinadi. Laboratoriya ishi: F = mω²r ni tekshirish — kuchning ω², radius va massaga bog'liqligi.

Ochish →
Tovush to'lqinlari: shisha qalpoq ostidagi qo'ng'iroq, vakuum nasos va shovqin o'lchagich
Fizika · Tebranishlar va to'lqinlarTayyor

Tovush to'lqinlari

Shisha qalpoq ostidagi qo'ng'iroq: nasos havoni so'rgan sari tovush susayadi va vakuumda yo'qoladi — buni ko'rish va eshitish mumkin. Akvariumda havo va suvda tovush tezligi ikki mikrofon va ossillograf bilan o'lchanadi. Laboratoriya ishi: L(p), havo va suvda tezlik, tezlikning haroratga bog'liqligi.

Ochish →
Reaktiv dvigatel: kesimdagi turboventilyatorli dvigatel, ventilyator, kompressor, yonish kamerasi va turbinalar
Fizika · Issiqlik dvigatellariTayyor

Reaktiv dvigatel

Zamonaviy turboventilyatorli va forsajli turboreaktiv dvigatellar kesimda: ventilyator, kompressor, yonish kamerasi, turbinalar va soplo. Ishga tushirish, gaz richagi, forsaj alangasi, havo oqimining harorati, kabina displeyi (N1, N2, EGT, tortish kuchi) va Brayton sikli.

Ochish →
Raketa dvigateli sinov stendida: baklar, turbonasos, soplo va alanga
Fizika · Reaktiv harakatTayyor

Raketa dvigateli

Suyuq kislorod va kerosinda ishlaydigan dvigatel sinov stendida: baklar, turbonasos, gaz generatori, regenerativ sovutish, forsunka, bo'g'iz va kengayuvchi soplo. Ishga tushirishdagi yashil chaqnash, dengiz sathi va vakuumdagi alanga, kardan, Mach soni grafigi va Tsiolkovskiy formulasi.

Ochish →
Shamol elektr stansiyasi: 3 MW turbina, shamol oqimi vektorlari
Fizika · EnergetikaTayyor

Shamol elektr stansiyasi

Haqiqiy o'lchamdagi 3 MW turbina: kuraklar burchagi, gondola ichi kesimda (bosh val, reduktor, tormoz, generator, yaw mexanizmi), minora, transformator va tarmoq. Shamol tezligi va yo'nalishi, rotor ortidagi iz, quvvat egri chizig'i P(v), Cp(λ) va Betz chegarasi.

Ochish →
Quyosh elektr stansiyasi: panellar maydoni va fotoelement kesimi
Fizika · Yarimo'tkazgichlar fizikasiTayyor

Quyosh elektr stansiyasi

1 MW quvvatli blok: 1840 ta panel, invertor, transformator va tarmoq. Kun vaqti, fasl va bulutlar quvvatga qanday ta'sir qilishi. Bitta tugma bilan panel qatlamlarga ajraladi va fotoelement ichi ochiladi: foton elektronni urib chiqaradi, p-n o'tish uni ajratadi, elektronlar oqimi lampani yoqadi.

Ochish →
Gidroelektr stansiya: to'g'on, bosimli quvurlar va gidroagregat kesimi
Fizika · EnergetikaTayyor

Gidroelektr stansiya

118 m balandlikdagi beton to'g'on, suv ombori, suv tashlash inshooti va 3 ta 135 MW gidroagregat. To'g'on kesimida gidrostatik bosim, agregat ichida esa spiral kamera, yo'naltiruvchi apparat, Frensis turbinasi va generator ko'rinadi. Suv oqimi zarralar bilan ko'rsatilgan.

Ochish →
Elektromobil: kuzov ko'tarilgan, batareya va dvigatel ko'rinadi
Fizika · EnergetikaTayyor

Elektromobil

Zamonaviy elektr sedan: kuzov ko'tariladi va ostida batareya, invertor, dvigatel va reduktor ko'rinadi. Dvigatel kesimida aylanuvchi magnit maydon tasvirlangan. Tezlanish 0 → 100, rekuperativ tormozlash va tezkor zaryadlash, energiya oqimi va batareya quvvati grafigi bor.

Ochish →
Simulyator oynasi: markazda dvigatel, chapda joriy takt va izoh, o'ngda P–V diagramma va ko'rsatkichlar
Ishchi yo'l takti, θ = 395°: silindrda 34 bar, gaz harorati ≈ 2170 °C
Birinchi model

Ichki yonuv dvigateli

  • To'rt taktning ketma-ketligi: kiritish, siqish, ishchi yo'l, chiqarish
  • Krivoship-shatun mexanizmi: to'g'ri chiziqli harakat aylanma harakatga aylanadi
  • P–V diagramma va bir siklda bajarilgan ish W = ∮ p dV
  • Gaz harorati: siqish oxirida ≈ 400 °C, yonishda ≈ 2200 °C
  • Ideal FIK η = 1 − 1/ε^(γ−1) va uni real dvigatel bilan solishtirish
  • Taqsimlash mexanizmi: zanjir orqali 2 : 1 uzatish
Silindr diametri D56,5 mm
Porshen yo'li S49,5 mm
Ishchi hajm V124 sm³
Bir siklda ish W135 J
Bosim cho'qqisi≈ 45 bar
O'qituvchilarga

Darsda qanday foydalanish

Proyektorda

Modelni oching va brauzerni to'liq ekranga o'tkazing (F11). Dvigatelda namoyish rejimi ko'rinishlarni o'zi almashtiradi. Biror tugma bosilishi bilan boshqaruv sizga o'tadi.

Laboratoriya ishi

Modellarda «Laboratoriya ishi» bo'limi bor: o'quvchi o'lchaydi, natijani jadvalga yozadi, grafik va xulosa avtomatik chiqadi.

Klaviatura

Ko'rinishlar
1…6
Pauza
Probel
15° qadam
←→
Aylantirish
sichqoncha