Virtual laboratoriya

Bosh sahifa › Testlar › Kinematika › Yakuniy ochiq test

Yakuniy ochiq test

Butun kinematika bo‘limi bo‘yicha 50 ta masala. Javobni son bilan yozing.

Muallif: Dilmurod Xaydarov (@fizikezdan)

Zarur o‘rinlarda π ≈ 3 deb olinadi.

  1. 1-masala

    Rasmdagi sayyoh sharqqa 6 m, so‘ngra shimolga 8 m yurdi. Uning ko‘chish modulini toping (m da).
    1-savol uchun rasm
    m
  2. 2-masala

    Jism x0 = −15 m koordinatadan x = 25 m koordinataga to‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘tdi. Ko‘chish proyeksiyasini toping (m da).
    m
  3. 3-masala

    Rasmdagi sportchi radiusi R = 10 m bo‘lgan yarim aylana bo‘ylab A nuqtadan B nuqtaga yugurib bordi (π ≈ 3). Bosib o‘tgan yo‘l ko‘chish modulidan necha metrga katta?
    3-savol uchun rasm
    m
  4. 4-masala

    Koptok 12 m balandlikdan yerga tushib, undan sakrab 5 m balandlikda tutib olindi. Koptokning bosib o‘tgan jami yo‘lini toping (m da).
    m
  5. 5-masala

    4-masaladagi koptokning ko‘chish modulini toping (m da).
    m
  6. 6-masala

    Avtomobil 72 km/soat o‘zgarmas tezlik bilan 15 s da qancha yo‘l bosib o‘tadi (m da)?
    m
  7. 7-masala

    Jismning harakat tenglamasi x = 12 −4t (SI) ko‘rinishda berilgan. t = 5 s paytdagi koordinatasini toping (m da).
    m
  8. 8-masala

    Grafikda jism koordinatasining vaqtga bog‘lanishi x(t) berilgan. Jismning tezligini toping (m/s da).
    8-savol uchun rasm
    m/s
  9. 9-masala

    Grafikdan jismning 5 s da bosib o‘tgan jami yo‘lini toping (m da).
    9-savol uchun rasm
    m
  10. 10-masala

    Uzunligi 180 m bo‘lgan poyezd 15 m/s tezlik bilan uzunligi 120 m bo‘lgan ko‘prikdan necha sekundda to‘liq o‘tib ketadi (s da)?
    s
  11. 11-masala

    Rasmda bir-biriga qarab 18 m/s va 12 m/s tezlikda kelayotgan ikki avtomobilning nisbiy tezligini toping (m/s da).
    11-savol uchun rasm
    m/s
  12. 12-masala

    Motorli qayiqning turg‘un suvdagi tezligi 10 m/s, daryo oqimining tezligi 2 m/s. Qayiq oqimga qarshi 96 m masofani necha sekundda suzib o‘tadi (s da)?
    s
  13. 13-masala

    Rasmdagi kengligi 40 m bo‘lgan daryoni qayiq oqimga perpendikulyar 4 m/s tezlikda kesib o‘tmoqda. Oqim tezligi 3 m/s bo‘lsa, qayiq narigi qirg‘oqqa o‘tguncha oqim bo‘ylab qancha masofaga suriladi (m da)?
    13-savol uchun rasm
    m
  14. 14-masala

    Rasmdagi uzunliklari 150 m va 100 m bo‘lgan ikki poyezd parallel relslarda bir-biriga qarab 15 m/s va 10 m/s tezlikda kelmoqda. Ular bir-birining yonidan necha sekundda to‘liq o‘tib ketadi (s da)?
    14-savol uchun rasm
    s
  15. 15-masala

    Eskalatorda tinch turgan yo‘lovchi 60 s da, to‘xtab turgan eskalatorda o‘zi yurib esa 30 s da yuqoriga chiqadi. Harakatlanayotgan eskalatorda o‘zi yurib chiqsa, necha sekundda ko‘tariladi (s da)?
    s
  16. 16-masala

    Avtomobil birinchi 2 soat da 100 km, keyingi 3 soat da 200 km yo‘l bosdi. Butun yo‘ldagi o‘rtacha tezlikni toping (km/soat da).
    km/soat
  17. 17-masala

    Velosipedchi vaqtning birinchi yarmida 12 m/s, ikkinchi yarmida esa 8 m/s tezlik bilan yurdi. Uning o‘rtacha tezligini toping (m/s da).
    m/s
  18. 18-masala

    Avtomobil yo‘lning birinchi yarmida 60 km/soat, ikkinchi yarmida 40 km/soat tezlik bilan yurdi. Butun yo‘ldagi o‘rtacha tezligini toping (km/soat da).
    km/soat
  19. 19-masala

    Grafikdan jismning 5 s davomidagi o‘rtacha tezligini toping (m/s da).
    19-savol uchun rasm
    m/s
  20. 20-masala

    Avtomobil 120 km yo‘lning birinchi 60 km ini 30 km/soat tezlikda, qolgan qismini esa 60 km/soat tezlikda bosib o‘tdi. Butun yo‘ldagi o‘rtacha tezligini toping (km/soat da).
    km/soat
  21. 21-masala

    Tinch holatdan 2 m/s2 tezlanish bilan harakat boshlagan avtomobil 6 s da qancha yo‘l bosib o‘tadi (m da)?
    m
  22. 22-masala

    20 m/s tezlikda ketayotgan poyezd 4 m/s2 sekinlanish bilan tormozlana boshladi. U to‘xtaguncha qancha yo‘l bosib o‘tadi (m da)?
    m
  23. 23-masala

    Grafikdan jismning 7 s da bosib o‘tgan jami yo‘lini toping (m da).
    23-savol uchun rasm
    m
  24. 24-masala

    Grafikdan jismning 6 s da bosib o‘tgan jami yo‘lini toping (m da).
    24-savol uchun rasm
    m
  25. 25-masala

    24-masaladagi grafikdan jismning 6 s ichidagi ko‘chish proyeksiyasi (∆x) ni toping (m da).
    m
  26. 26-masala

    Tinch holatdan harakat boshlagan jismning ax(t) grafigi berilgan. t = 6 s paytdagi tezligini toping (m/s da).
    26-savol uchun rasm
    m/s
  27. 27-masala

    Tinch holatdan a = 4 m/s2 tezlanish bilan harakat boshlagan jism faqat 4-sekundda (t = 3 s dan t = 4 s gacha) qancha yo‘l bosib o‘tadi (m da)?
    m
  28. 28-masala

    Grafikdagi x(t) parabolaning cho‘qqisi (3 s; 18 m) nuqtada joylashgan. Jismning boshlang‘ich tezligi (v0x) ni toping (m/s da).
    28-savol uchun rasm
    m/s
  29. 29-masala

    Rasmdagi ikki avtomobil 100 m masofadan bir-biriga qarab 12 m/s va 8 m/s tezliklar bilan yo‘lga chiqdi. Ular necha sekunddan keyin uchrashadi (s da)?
    29-savol uchun rasm
    s
  30. 30-masala

    Ikki jismning harakat tenglamalari x1 = 10 + 6t va x2 = 50 −4t (SI) ko‘rinishda berilgan. Ular qaysi koordinatada uchrashadi (m da)?
    m
  31. 31-masala

    Rasmdagi 20 m/s o‘zgarmas tezlikda ketayotgan avtomobil tinch turgan politsiya mashinasi yonidan o‘tib ketdi. Shu zahoti politsiya mashinasi 4 m/s2 tezlanish bilan quva boshladi. Quvib yetguncha u qancha yo‘l bosib o‘tadi (m da)?
    31-savol uchun rasm
    m
  32. 32-masala

    Chorrahadan bir vaqtda o‘zaro perpendikulyar yo‘llar bo‘ylab 6 m/s va 8 m/s tezlikda chiqqan ikki avtomobil orasidagi masofa 5 s dan so‘ng qancha bo‘ladi (m da)?
    32-savol uchun rasm
    m
  33. 33-masala

    Bir nuqtadan bir vaqtda chiqqan ikki jismning v(t) grafigi berilgan. Ikkinchi jism birinchisini qancha vaqtdan keyin quvib yetadi (s da)?
    33-savol uchun rasm
    s
  34. 34-masala

    Rasmdagi uzunligi 10 sm bo‘lgan soat sekund mili uchining chiziqli tezligini toping (π ≈ 3, sm/s da).
    34-savol uchun rasm
    sm/s
  35. 35-masala

    Kir yuvish mashinasi barabani minutiga 600 marta aylanadi (π ≈ 3). Barabanning burchak tezligini toping (rad/s da).
    rad/s
  36. 36-masala

    Rasmdagi aylanayotgan diskning bitta radiusida yotuvchi A va B nuqtalar orasidagi masofa 20 sm. Agar vA = 2 m/s va vB = 6 m/s bo‘lsa, diskning burchak tezligini toping (rad/s da).
    36-savol uchun rasm
    rad/s
  37. 37-masala

    Rasmdagi aylana stadionda bir nuqtadan bir vaqtda bir yo‘nalishda chiqqan ikki sportchining aylanish davrlari 20 s va 30 s. Tezroq yuguruvchi ikkinchisini necha sekundda quvib yetadi (s da)?
    37-savol uchun rasm
    s
  38. 38-masala

    Rasmdagi R = 100 m radiusli burilishda avtomobilning normal tezlanishi 4 m/s2 dan oshmasligi kerak. Xavfsiz maksimal tezlikni toping (km/soat da).
    38-savol uchun rasm
    km/soat
  39. 39-masala

    Grafikda jism normal tezlanishining tezlik kvadratiga bog‘lanishi an(v2) berilgan. Aylana radiusini toping (m da).
    39-savol uchun rasm
    m
  40. 40-masala

    Rasmdagi aylanayotgan diskning bir radiusidagi A va B nuqtalar orasidagi masofa 15 sm, ularning normal tezlanishlari aA = 4 m/s2 va aB = 10 m/s2.B nuqta markazdan qancha masofada joylashgan (sm da)?
    40-savol uchun rasm
    sm
  41. 41-masala

    Mototsiklchi yarim aylana (180°) bo‘ylab 15 m/s o‘zgarmas tezlikda 5 s da burilib oldi. Shu vaqt ichidagi o‘rtacha tezlanish modulini toping (m/s2 da).
    m/s²
  42. 42-masala

    Rasmdagi uzatmada 1- va 2-shkivlar tasma bilan bog‘langan, 2- va 3-shkivlar esa bitta o‘qda (R1 = 10 sm, R2 = 30 sm, R3 = 15 sm). Agar v1 = 6 m/s bo‘lsa, 3-shkiv chetidagi tezlikni toping (m/s da).
    42-savol uchun rasm
    m/s
  43. 43-masala

    Rasmdagi ikki bosqichli tishli reduktorda z1 = 10, z2 = 30, z3 = 12, z4 = 48 (2- va 3-g‘ildiraklar umumiy o‘qda).Agar ω1 = 24 rad/s bo‘lsa, 4-g‘ildirakning burchak tezligini toping (rad/s da).
    43-savol uchun rasm
    rad/s
  44. 44-masala

    Rasmdagi velosiped oldingi yulduzchasida 45 ta, orqasida 15 ta tish bor, orqa g‘ildirak radiusi 0,4 m. Pedal sekundiga 1 marta aylantirilsa, velosiped tezligini toping (π ≈ 3, m/s da).
    44-savol uchun rasm
    m/s
  45. 45-masala

    Rasmdagi tasmali uzatmada R1 = 10 sm, R2 = 20 sm. A nuqta 1-shkiv chetida, B nuqta esa 2-shkiv radiusining o‘rtasida (rB = 10 sm). Markazga intilma tezlanishlar nisbati aA/aB ni toping.
    45-savol uchun rasm
  46. 46-masala

    Rasmdagi avtomobil R = 12 m radiusli aylana trekda aτ = 4 m/s2 tangensial tezlanish bilan tezlashmoqda. Tezligi 6 m/s ga yetgan paytdagi to‘la tezlanishini toping (m/s2 da).
    46-savol uchun rasm
    m/s
  47. 47-masala

    6 Hz chastota bilan aylanayotgan charx toshi tarmoqdan uzilgach tekis sekinlashib 10 s da to‘xtadi. U to‘xtaguncha necha marta to‘liq aylangan?
    marta
  48. 48-masala

    Elektr dvigatel rotorining ω(t) grafigi berilgan (π ≈ 3). Rotor 8 s da jami necha marta to‘liq aylangan?
    48-savol uchun rasm
    marta
  49. 49-masala

    Tinch holatdan tekis tezlanuvchan aylanayotgan disk uchun ω2(ϕ) grafigi berilgan. Burchak tezlanishni toping (rad/s2 da).
    49-savol uchun rasm
    rad/s²
  50. 50-masala

    Aylanayotgan g‘ildirakning burilish burchagi ϕ = 20t −2t2 (SI) qonuniyat bilan berilgan. G‘ildirak necha sekunddan keyin to‘xtaydi (s da)?
    s
Telegramda ulashish