Virtual laboratoriya

Bosh sahifa › Testlar › Kinematika › Aylana bo‘ylab notekis harakat

Aylana bo‘ylab notekis harakat

«Aylana bo‘ylab notekis harakat» mavzusi bo‘yicha 50 ta test: A-daraja (25 ta) va B-daraja (25 ta).

Muallif: Dilmurod Xaydarov (@fizikezdan)

Zarur o‘rinlarda π ≈ 3 deb olinadi.

  1. A-daraja · 1-savol

    Aylana bo‘ylab notekis harakatda burchak tezlikning vaqt birligi ichidagi o‘zgarishiga teng bo‘lgan kattalik nima deyiladi?
  2. A-daraja · 2-savol

    Burchak tezlanish (ε) ning SI tizimidagi birligi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  3. A-daraja · 3-savol

    Aylana bo‘ylab notekis harakatda tangensial (urinma) tezlanish aτ tezlikning nimani o‘zgartiradi?
  4. A-daraja · 4-savol

    Tangensial tezlanish (aτ), burchak tezlanish (ε) va aylana radiusi (R) o‘zaro qanday bog‘langan?
  5. A-daraja · 5-savol

    Aylana bo‘ylab notekis harakatlanayotgan jismning to‘la tezlanishi a qaysi formula bilan hisoblanadi? p
  6. A-daraja · 6-savol

    Rasmdagi maxovikning burchak tezligi 4 s ichida 2 rad/s dan 14 rad/s gacha tekis ortdi. Uning burchak tezlanishini toping.
    6-savol uchun rasm
  7. A-daraja · 7-savol

    Tinch holatdan (ω0 = 0) ε = 4 rad/s2 burchak tezlanish bilan aylana boshlagan diskning 5 s dan so‘nggi burchak tezligini toping.
  8. A-daraja · 8-savol

    Rasmdagi ventilyator tarmoqdan uzilgach, 18 rad/s burchak tezlikdan tekis sekinlashib 6 s da to‘xtadi. Uning burchak tezlanish modulini toping.
    8-savol uchun rasm
  9. A-daraja · 9-savol

    24 rad/s burchak tezlik bilan aylanayotgan g‘ildirak 4 rad/s2 burchak sekinlanish bilan tormozlanmoqda. U necha sekundda to‘xtaydi?
  10. A-daraja · 10-savol

    Rasmdagi radiusi R = 0,5 m bo‘lgan disk ε = 6 rad/s2 burchak tezlanish bilan aylanmoqda. Disk chetidagi nuqtaning tangensial tezlanishini toping.
    10-savol uchun rasm
  11. A-daraja · 11-savol

    Radiusi 2 m bo‘lgan aylana bo‘ylab harakatlanayotgan jismning tangensial tezlanishi 8 m/s2 ga teng. Uning burchak tezlanishini toping.
  12. A-daraja · 12-savol

    Rasmda aylana bo‘ylab notekis harakatlanayotgan jismning normal (an = 3 m/s2) va tangensial (aτ = 4 m/s2) tezlanishlari berilgan. To‘la tezlanish modulini toping.
    12-savol uchun rasm
  13. A-daraja · 13-savol

    Aylana bo‘ylab harakatlanayotgan jismning normal tezlanishi 6 m/s2, tangensial tezlanishi esa 8 m/s2 ga teng. To‘la tezlanish modulini toping.
  14. A-daraja · 14-savol

    Rasmda aylana bo‘ylab harakatlanayotgan sharchaning tezlik (v) va to‘la tezlanish (a) vektorlari orasidagi burchak o‘tkir (α < 90°). Sharcha qanday harakat qilmoqda?
    14-savol uchun rasm
  15. A-daraja · 15-savol

    Rasmda v va a vektorlari orasidagi burchak o‘tmas (α > 90°). Sharcha qanday harakat qilmoqda?
    15-savol uchun rasm
  16. A-daraja · 16-savol

    Tinch holatdan ε = 2 rad/s2 burchak tezlanish bilan aylana boshlagan disk 5 s da necha radian burchakka buriladi?
  17. A-daraja · 17-savol

    Diskning burchak tezligi 4 s ichida 4 rad/s dan 12 rad/s gacha tekis ortdi. Shu vaqtda disk qancha burchakka burilgan?
  18. A-daraja · 18-savol

    10 rad/s burchak tezlik bilan aylanayotgan baraban tekis sekinlashib 6 s da to‘xtadi. U to‘xtaguncha necha radian burchakka burilgan?
  19. A-daraja · 19-savol

    Grafikda disk burchak tezligining vaqtga bog‘lanishi ω(t) berilgan. Diskning burchak tezlanishi ε ni toping.
    19-savol uchun rasm
  20. A-daraja · 20-savol

    Grafikdan tinch holatdan chiqqan g‘ildirakning 4 s da burilgan burchagi ϕ ni toping.
    20-savol uchun rasm
  21. A-daraja · 21-savol

    Tormozlanayotgan rotorning ω(t) grafigi keltirilgan. Rotor to‘xtaguncha necha radian burchakka buriladi?
    21-savol uchun rasm
  22. A-daraja · 22-savol

    Tinch holatdan aylana boshlagan diskning ε(t) grafigi berilgan. t = 5 s paytdagi burchak tezligini toping.
    22-savol uchun rasm
  23. A-daraja · 23-savol

    Aylana bo‘ylab tekis tezlanuvchan harakatda (ε = const > 0) jismning tangensial (aτ) va normal (an) tezlanishlari vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgaradi?
  24. A-daraja · 24-savol

    Tinch holatdan ε = 2 rad/s2 burchak tezlanish bilan aylanayotgan R = 0,5 m radiusli g‘ildirak chetidagi nuqta 4 s da qancha yo‘l bosib o‘tadi?
  25. A-daraja · 25-savol

    Disk tormozlanish davomida ϕ = 48 rad burchakka burilib to‘xtadi (π ≈ 3). U to‘xtaguncha necha marta to‘liq aylangan?
  26. B-daraja · 1-savol

    Rasmdagi avtomobil radiusi R = 12 m bo‘lgan aylana trekda aτ = 4 m/s2 tangensial tezlanish bilan tezlashmoqda. Tezligi 6 m/s ga yetgan paytdagi to‘la tezlanishini toping.
    1-savol uchun rasm
  27. B-daraja · 2-savol

    Rasmdagi avtomobil radiusi R = 12,5 m bo‘lgan burilishda aτ = 6 m/s2 sekinlanish bilan tormozlanmoqda. Tezligi 10 m/s bo‘lgan lahzadagi to‘la tezlanish modulini toping.
    2-savol uchun rasm
  28. B-daraja · 3-savol

    Aylana bo‘ylab notekis harakatlanayotgan jismning to‘la tezlanishi 13 m/s2, normal tezlanishi esa 5 m/s2 ga teng. Tangensial tezlanish modulini toping.
  29. B-daraja · 4-savol

    Tinch holatdan radiusi 9 m bo‘lgan aylana trekda aτ = 3 m/s2 tangensial tezlanish bilan chiqqan velosipedchining t = 2 s paytdagi to‘la tezlanishini toping.
  30. B-daraja · 5-savol

    Tinch holatdan ε = 0,25 rad/s2 burchak tezlanish bilan aylana boshlagan disk chetidagi nuqtaning qancha vaqtdan so‘ng normal tezlanishi tangensial tezlanishiga teng bo‘ladi (an = aτ)?
  31. B-daraja · 6-savol

    Rasmda aylana bo‘ylab tezlashayotgan jismning v va a vektorlari orasidagi burchak 45° ga teng. Agar v = 10 m/s va R = 20 m bo‘lsa, tangensial (aτ) va to‘la (a) tezlanishni toping.
    6-savol uchun rasm
  32. B-daraja · 7-savol

    Rasmda aylana bo‘ylab notekis harakatlanayotgan jismning to‘la tezlanishi a = 10 m/s2 bo‘lib, tezlik vektori bilan 30° burchak hosil qiladi. Normal tezlanish an ni toping.
    7-savol uchun rasm
  33. B-daraja · 8-savol

    Rasmda to‘la tezlanish a = 10 m/s2 bo‘lib, tezlik vektori bilan 60° burchak tashkil qiladi. Tangensial tezlanish aτ ni toping.
    8-savol uchun rasm
  34. B-daraja · 9-savol

    6 Hz chastota bilan aylanayotgan charx toshi elektr tarmog‘idan uzilgach tekis sekinlashib 10 s da to‘xtadi. U to‘xtaguncha necha marta to‘liq aylangan?
  35. B-daraja · 10-savol

    Motor valining aylanish chastotasi 6 s ichida 2 Hz dan 8 Hz gacha tekis ortdi. Shu vaqt ichida val necha marta to‘liq aylangan?
  36. B-daraja · 11-savol

    12 rad/s burchak tezlik bilan aylanayotgan maxovik tekis sekinlashib 6 marta to‘liq aylangandan so‘ng to‘xtadi (π ≈ 3). Uning burchak tezlanish modulini toping.
  37. B-daraja · 12-savol

    Tinch holatdan ε = 4 rad/s2 burchak tezlanish bilan aylana boshlagan disk 3 marta to‘liq aylanganda (π ≈ 3) uning burchak tezligi qanchaga yetadi?
  38. B-daraja · 13-savol

    Minutiga 600 marta aylanayotgan turbina ε = 5 rad/s2 burchak sekinlanish bilan tormozlanmoqda (π ≈ 3). Turbina necha sekundda to‘xtaydi?
  39. B-daraja · 14-savol

    Rasmdagi aylana bo‘ylab sekinlashib harakatlanayotgan sharchaning to‘la tezlanish vektori qaysi strelka bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
    14-savol uchun rasm
  40. B-daraja · 15-savol

    Tinch holatdan radiusi 50 m bo‘lgan aylana yo‘lda aτ = 2 m/s2 tangensial tezlanish bilan chiqqan poyezd 25 m yo‘l bosganda uning normal tezlanishi qancha bo‘ladi?
  41. B-daraja · 16-savol

    Tekis tezlanuvchan aylanayotgan diskda A va B nuqtalar markazdan R1 = 5 sm va R2 = 15 sm masofada joylashgan. Har qanday lahzada B nuqtaning to‘la tezlanishi A nuqtaning to‘la tezlanishidan necha marta katta?
  42. B-daraja · 17-savol

    Diskning burilish burchagi ϕ = 4t + 2t2 (SI) qonun bo‘yicha o‘zgarmoqda. Diskning boshlang‘ich burchak tezligi (ω0) va burchak tezlanishi (ε) ni toping.
  43. B-daraja · 18-savol

    Aylanayotgan g‘ildirakning burilish burchagi ϕ = 20t −2t2 (SI) qonuniyat bilan berilgan. G‘ildirak necha sekunddan keyin to‘xtaydi?
  44. B-daraja · 19-savol

    Elektr dvigatel rotorining ω(t) grafigi berilgan (π ≈ 3). Rotor 8 s davomida jami necha marta to‘liq aylangan?
    19-savol uchun rasm
  45. B-daraja · 20-savol

    Tinch holatdan aylana boshlagan maxovikning ε(t) grafigi berilgan. t = 5 s paytdagi burchak tezligini toping.
    20-savol uchun rasm
  46. B-daraja · 21-savol

    Tinch holatdan tekis tezlanuvchan aylanayotgan disk uchun ω2(ϕ) grafigi berilgan. Diskning burchak tezlanishi ε ni toping.
    21-savol uchun rasm
  47. B-daraja · 22-savol

    Tinch holatdan aylana boshlagan g‘ildirakning ϕ(t) parabolasi berilgan. Uning burchak tezlanishi ε ni toping.
    22-savol uchun rasm
  48. B-daraja · 23-savol

    Radiusi R = 20 m bo‘lgan aylana trekda ketayotgan avtomobilning v(t) grafigi keltirilgan. t = 5 s paytdagi normal (an) va tangensial (aτ) tezlanishlarni toping.
    23-savol uchun rasm
  49. B-daraja · 24-savol

    Boshlang‘ich tezligi 4 m/s bo‘lgan avtomobil 48 m radiusli aylana trekda aτ = 4 m/s2 tangensial tezlanish bilan tezlashmoqda. 2 s dan so‘ng uning to‘la tezlanishi qancha bo‘ladi?
  50. B-daraja · 25-savol

    Tinch holatdan o‘zgarmas burchak tezlanish bilan aylana boshlagan disk ikkinchi sekundda birinchi sekunddagiga qaraganda necha marta ko‘p aylanadi?

Mavzuga oid laboratoriya

Laboratoriyada sinab ko'ringMaksvell mayatnigiSaytdagi 3D laboratoriya →Telegramda ulashish