Virtual laboratoriya

Bosh sahifa › Testlar › Kinematika › Yakuniy yopiq test

Yakuniy yopiq test

Butun kinematika bo‘limi bo‘yicha 50 ta masala, har birida to‘rtta javob varianti.

Muallif: Dilmurod Xaydarov (@fizikezdan)

Zarur o‘rinlarda π ≈ 3 deb olinadi.

  1. 1-masala

    Rasmdagi velosipedchi shimolga 5 km, so‘ngra sharqqa 12 km yurdi. Uning ko‘chish modulini toping.
    1-savol uchun rasm
  2. 2-masala

    Jism x0 = 18 m koordinatadan x = −7 m koordinataga to‘g‘ri chiziq bo‘ylab ko‘chdi. Ko‘chish proyeksiyasini toping.
  3. 3-masala

    Rasmdagi sportchi radiusi R = 20 m bo‘lgan chorak aylana (90°) bo‘ylab A nuqtadan B nuqtaga yugurdi (π ≈ 3). Uning bosib o‘tgan yo‘lini toping.
    3-savol uchun rasm
  4. 4-masala

    Koptok 15 m balandlikdan polga tushib, undan sakrab 9 m balandlikda tutib olindi. Koptokning bosib o‘tgan yo‘li uning ko‘chish modulidan necha marta katta?
  5. 5-masala

    Rasmdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi maydon cheti bo‘ylab sportchi A nuqtadan B orqali C nuqtaga yugurib bordi. Bosib o‘tgan yo‘l ko‘chish modulidan qanchaga katta?
    5-savol uchun rasm
  6. 6-masala

    Poyezd 108 km/soat o‘zgarmas tezlik bilan 20 s da qancha yo‘l bosib o‘tadi?
  7. 7-masala

    Jismning harakat tenglamasi x = −8 + 6t (SI) ko‘rinishda berilgan. t = 4 s paytdagi koordinatasini toping.
  8. 8-masala

    Grafikdan jism tezligining proyeksiyasi (vx) ni toping.
    8-savol uchun rasm
  9. 9-masala

    Grafikdan jismning 5 s ichidagi ko‘chish proyeksiyasini toping.
    9-savol uchun rasm
  10. 10-masala

    Rasmdagi uzunligi 150 m bo‘lgan poyezd 20 m/s tezlik bilan uzunligi 250 m bo‘lgan ko‘prikdan to‘liq o‘tishi uchun qancha vaqt ketadi?
    10-savol uchun rasm
  11. 11-masala

    Bir yo‘nalishda 25 m/s va 17 m/s tezliklar bilan ketayotgan ikki avtomobilning bir-biriga nisbatan tezligi qancha?
  12. 12-masala

    Motorli qayiqning turg‘un suvdagi tezligi 12 m/s, daryo oqimining tezligi 3 m/s. Qayiq oqim bo‘ylab 135 m masofani necha sekundda suzib o‘tadi?
  13. 13-masala

    Rasmdagi qayiq kengligi 60 m bo‘lgan daryoni qirg‘oqqa tik yo‘nalishda 6 m/s tezlikda kesib o‘tmoqda. Oqim tezligi 4 m/s bo‘lsa, qayiq oqim bo‘ylab qancha masofaga suriladi?
    13-savol uchun rasm
  14. 14-masala

    Rasmdagi uzunliklari 120 m va 180 m bo‘lgan ikki poyezd qarama-qarshi yo‘nalishda 18 m/s va 12 m/s tezliklar bilan harakatlanmoqda. Ular bir-birining yonidan necha sekundda o‘tib ketadi?
    14-savol uchun rasm
  15. 15-masala

    Yo‘lovchi harakatsiz eskalatorda 45 s da, yurayotgan eskalatorda o‘zi yurmasdan 90 s da yuqoriga ko‘tariladi. Agar u yurayotgan eskalatorda o‘zi ham yuqoriga yursa, necha sekundda ko‘tariladi?
  16. 16-masala

    Avtomobil dastlabki 3 soat da 180 km, keyingi 2 soat da 170 km yo‘l bosdi. Butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligini toping.
  17. 17-masala

    Jism harakat vaqtining birinchi yarmida 14 m/s, ikkinchi yarmida 22 m/s tezlik bilan yurdi. O‘rtacha tezligini toping.
  18. 18-masala

    Avtomobil yo‘lning birinchi yarmida 30 km/soat, ikkinchi yarmida 60 km/soat tezlik bilan yurdi. Butun yo‘ldagi o‘rtacha tezligini toping.
  19. 19-masala

    Grafikdan jismning 0 dan 8 s gacha bo‘lgan vaqtdagi o‘rtacha tezligini toping.
    19-savol uchun rasm
  20. 20-masala

    Velosipedchi 60 km yo‘lning dastlabki 20 km qismini 20 km/soat tezlikda, qolgan 40 km qismini 10 km/soat tezlikda bosib o‘tdi. Uning o‘rtacha tezligini toping.
  21. 21-masala

    Tinch holatdan a = 3 m/s2 tezlanish bilan harakat boshlagan jism 4 s da qancha yo‘l bosib o‘tadi?
  22. 22-masala

    30 m/s tezlik bilan ketayotgan avtomobil tormozlangach 5 m/s2 sekinlanish bilan harakatlandi. U to‘xtaguncha qancha tormoz yo‘li bosib o‘tadi?
  23. 23-masala

    Grafikdan jismning 8 s da bosib o‘tgan yo‘lini toping.
    23-savol uchun rasm
  24. 24-masala

    Grafikdan jismning 6 s da bosib o‘tgan jami yo‘lini toping.
    24-savol uchun rasm
  25. 25-masala

    24-masaladagi grafikdan jismning 6 s ichidagi ko‘chish proyeksiyasi (∆x) ni toping.
  26. 26-masala

    Tinch holatdan harakat boshlagan jismning ax(t) grafigi berilgan. t = 6 s paytdagi tezligini toping.
    26-savol uchun rasm
  27. 27-masala

    Tinch holatdan a = 6 m/s2 tezlanish bilan harakat boshlagan jism faqat 3-sekundda (t = 2 s dan t = 3 s gacha) qancha yo‘l bosib o‘tadi?
  28. 28-masala

    Grafikdagi x(t) parabolaning cho‘qqisi (4 s;32 m) nuqtada joylashgan. Jismning tezlanish proyeksiyasi (ax) ni toping.
    28-savol uchun rasm
  29. 29-masala

    Rasmdagi ikki avtomobil 180 m masofadan bir-biriga qarab 14 m/s va 16 m/s tezliklar bilan yo‘lga chiqdi. Ular necha sekunddan keyin uchrashadi?
    29-savol uchun rasm
  30. 30-masala

    Ikki jismning harakat tenglamalari x1 = −10 + 8t va x2 = 40 −2t (SI) ko‘rinishda berilgan. Ular qaysi koordinatada uchrashadi?
  31. 31-masala

    Rasmdagi 15 m/s o‘zgarmas tezlikda ketayotgan avtomobil tinch turgan politsiya mashinasi yonidan o‘tib ketdi. Shu zahoti politsiya mashinasi 3 m/s2 tezlanish bilan quva boshladi. U avtomobilni necha sekundda quvib yetadi?
    31-savol uchun rasm
  32. 32-masala

    Rasmdagi chorrahadan bir vaqtda o‘zaro perpendikulyar yo‘llar bo‘ylab 9 m/s va 12 m/s tezlikda chiqqan ikki avtomobil orasidagi masofa 4 s dan so‘ng qancha bo‘ladi?
    32-savol uchun rasm
  33. 33-masala

    Bir nuqtadan bir vaqtda chiqqan ikki jismning v(t) grafigi berilgan. Ikkinchi jism birinchisini qancha vaqtdan keyin quvib yetadi?
    33-savol uchun rasm
  34. 34-masala

    Rasmdagi uzunligi 15 sm bo‘lgan soat sekund mili uchining chiziqli tezligini toping (π ≈ 3).
    34-savol uchun rasm
  35. 35-masala

    Ventilyator parragi minutiga 300 marta aylanadi (π ≈ 3). Parrakning burchak tezligini toping.
  36. 36-masala

    Rasmdagi aylanayotgan diskning bitta radiusida yotuvchi A va B nuqtalar orasidagi masofa 25 sm. Agar vA = 3 m/s va vB = 8 m/s bo‘lsa, diskning burchak tezligini toping.
    36-savol uchun rasm
  37. 37-masala

    Rasmdagi aylana stadionda bir nuqtadan bir vaqtda qarama-qarshiyo‘nalishdachiqqanikkisportchiningaylanish davrlari 20 s va 30 s. Ular birinchi marta necha sekunddan keyin uchrashadi?
    37-savol uchun rasm
  38. 38-masala

    Rasmdagi R = 50 m radiusli burilishda avtomobilning normal tezlanishi 8 m/s2 dan oshmasligi kerak. Xavfsiz maksimal tezlikni toping.
    38-savol uchun rasm
  39. 39-masala

    Grafikda jism normal tezlanishining burchak tezlik kvadratiga bog‘lanishi an(ω2) berilgan. Aylana radiusini toping.
    39-savol uchun rasm
  40. 40-masala

    Rasmdagi aylanayotgan diskning bir radiusidagi A va B nuqtalar orasidagi masofa 12 sm, ularning normal tezlanishlari aA = 6 m/s2 va aB = 10 m/s2.B nuqta markazdan qancha masofada joylashgan?
    40-savol uchun rasm
  41. 41-masala

    Velosipedchi yarim aylana (180°) bo‘ylab 12 m/s o‘zgarmas tezlikda 4 s da burilib oldi. Shu vaqt ichidagi o‘rtacha tezlanish modulini toping.
  42. 42-masala

    Rasmdagi uzatmada 1- va 2-shkivlar tasma bilan bog‘langan, 2- va 3-shkivlar bitta o‘qda (R1= 8 sm,R2= 24 sm, R3 = 12 sm). Agar v1 = 10 m/s bo‘lsa, 3-shkiv chetidagi tezlikni toping.
    42-savol uchun rasm
  43. 43-masala

    Rasmdagiikkibosqichlitishlireduktorda z1 = 12,z2 = 36,z3 = 15,z4 = 45 (2- va 3-g‘ildiraklar umumiy o‘qda). Agar ω1 = 36 rad/s bo‘lsa, 4-g‘ildirakning burchak tezligini toping.
    43-savol uchun rasm
  44. 44-masala

    Rasmdagi velosiped oldingi yulduzchasida 40 ta, orqasida 20 ta tish bor, orqa g‘ildirak radiusi 0,5 m. Pedal sekundiga 1 marta aylantirilsa, velosiped tezligini toping (π ≈ 3).
    44-savol uchun rasm
  45. 45-masala

    Rasmdagi tasmali uzatmada R1 = 10 sm, R2 = 30 sm. A nuqta 1-shkiv chetida, B nuqta 2-shkivda markazdan rB = 10 sm masofada. Markazga intilma tezlanishlar nisbati aA/aB ni toping.
    45-savol uchun rasm
  46. 46-masala

    Rasmdagi avtomobil R = 8 m radiusli aylana trekda aτ = 6 m/s2 tangensial tezlanish bilan tezlashmoqda. Tezligi 8 m/s ga yetgan paytdagi to‘la tezlanishini toping.
    46-savol uchun rasm
  47. 47-masala

    8 Hz chastota bilan aylanayotgan disk tormozlangach tekis sekinlashib 5 s da to‘xtadi. U to‘xtaguncha necha marta to‘liq aylangan?
  48. 48-masala

    Elektr dvigatel rotorining ω(t) grafigi berilgan (π ≈ 3). Rotor 10 s da jami necha marta to‘liq aylangan?
    48-savol uchun rasm
  49. 49-masala

    Tinch holatdan tekis tezlanuvchan aylanayotgan disk uchun ω2(ϕ) grafigi berilgan. Burchak tezlanishni toping.
    49-savol uchun rasm
  50. 50-masala

    Aylanayotgan g‘ildirakning burilish burchagi ϕ = 24t −3t2 (SI) qonuniyat bilan berilgan. G‘ildirak necha sekunddan keyin to‘xtaydi?
Telegramda ulashish