Bosh sahifa › Testlar › Kinematika › Aylanma harakatni uzatish
Aylanma harakatni uzatish
«Aylanma harakatni uzatish» mavzusi bo‘yicha 50 ta test: A-daraja (25 ta) va B-daraja (25 ta).
Zarur o‘rinlarda π ≈ 3 deb olinadi.
A-daraja · 1-savol
Tasmali uzatmada (tasma sirpanmasa) ikkala shkiv chetidagi nuqtalarning qaysi fizik kattaligi o‘zaro teng bo‘ladi?A-daraja · 2-savol
Bitta o‘qqa mahkamlangan har xil radiusli ikki diskning qaysi kattaliklari o‘zaro teng bo‘ladi?A-daraja · 3-savol
Tashqi ilashishli ikkita tishli g‘ildirakdan birinchisi soat mili bo‘ylab aylansa, ikkinchisi qaysi tomonga aylanadi?A-daraja · 4-savol
Ochiq tasmali uzatmada birinchi shkiv soat mili bo‘ylab aylansa, ikkinchi shkiv qaysi yo‘nalishda aylanadi?A-daraja · 5-savol
Tishlar soni z1 va z2 bo‘lgan ikkita ilashgan tishli g‘ildirakning aylanish chastotalari nisbati ν2/ν1 nimaga teng?A-daraja · 6-savol
Rasmdagi tasmali uzatmada R1 = 10 sm, R2 = 20 sm va birinchi shkivning burchak tezligi ω1 = 6 rad/s. Ikkinchi shkivning burchak tezligini toping.
A-daraja · 7-savol
Rasmdagi tasmali uzatmada R1 = 5 sm, R2 = 15 sm. Kichik shkiv 12 Hz chastota bilan aylansa, katta shkivning chastotasi qancha?
A-daraja · 8-savol
Rasmdagi tasmali uzatmada R1 = 8 sm, R2 = 24 sm. Birinchi shkivning aylanish davri 2 s bo‘lsa, ikkinchisiniki qancha?
A-daraja · 9-savol
Rasmdagi tasmali uzatmada R2 = 3R1. Agar birinchi shkiv chetidagi nuqtaning chiziqli tezligi 4 m/s bo‘lsa, ikkinchi shkiv chetidagi nuqtaning chiziqli tezligi qancha?
A-daraja · 10-savol
Rasmdagi tishli uzatmada birinchi g‘ildirakda 20 ta, ikkinchisida 60 ta tish bor. Birinchi g‘ildirak 9 Hz chastota bilan aylansa, ikkinchisining chastotasini toping.
A-daraja · 11-savol
Rasmdagi tishlar soni z1 = 15 va z2 = 45 bo‘lgan ikkita ilashgan g‘ildirakdan kichigi 6 marta to‘liq aylanganda, kattasi necha marta aylanadi?
A-daraja · 12-savol
Ilashgan ikki tishli g‘ildirakda z1 = 12 va z2 = 36. Birinchi g‘ildirakning aylanish davri 1 s bo‘lsa, ikkinchisining aylanish davri qancha?A-daraja · 13-savol
Rasmdagi friksion uzatmada R1 = 4 sm, R2 = 16 sm. Katta rolik ω2 = 2 rad/s burchak tezlik bilan aylansa, kichik rolikning burchak tezligini toping.
A-daraja · 14-savol
Rasmda bitta o‘qqa mahkamlangan ikki shkivning radiuslari R1 = 5 sm va R2 = 15 sm. Kichik shkiv chetidagi nuqtaning chiziqli tezligi 2 m/s bo‘lsa, katta shkiv chetidagi nuqtaning tezligi qancha?
A-daraja · 15-savol
Bitta o‘qqa mahkamlangan ikki diskning radiuslari nisbati R2/R1 = 4. Agar kichik disk 5 Hz chastota bilan aylansa, katta diskning chastotasi qancha?A-daraja · 16-savol
Rasmdagi kesishgan tasmali uzatmada 1-shkiv soat mili bo‘ylab aylanmoqda. 2-shkiv qaysi yo‘nalishda aylanadi?
A-daraja · 17-savol
Rasmdagi ketma-ket ilashgan uchta tishli g‘ildirakdan 1-g‘ildirak soat mili bo‘ylab aylanmoqda. 3-g‘ildirak qaysi yo‘nalishda aylanadi?
A-daraja · 18-savol
Tasmali uzatmada R1 = 10 sm va R2 = 30 sm. Kichik shkiv chetidagi nuqtaning markazga intilma tezlanishi katta shkivnikidan necha marta katta (a1/a2)?A-daraja · 19-savol
Bitta o‘qqa mahkamlangan R1 = 10 sm va R2 = 30 sm radiusli ikki disk chetidagi nuqtalar markazga intilma tezlanishlarining nisbati a2/a1 ni toping.A-daraja · 20-savol
Rasmdagi tasmali uzatmada R1 = 0,2 m radiusli shkiv ω1 = 15 rad/s burchak tezlik bilan aylanmoqda. Tasmaning chiziqli tezligini toping.
A-daraja · 21-savol
Tasmali uzatmada R1 = 12 sm, ω1 = 10 rad/s va ω2 = 4 rad/s. Ikkinchi shkivning radiusini toping.A-daraja · 22-savol
Ilashgan ikki tishli g‘ildirakdan birinchisida 24 ta tish bo‘lib, u 5 Hz chastotada aylanmoqda. Ikkinchi g‘ildirak 3 Hz chastotada aylanishi uchun unda nechta tish bo‘lishi kerak?A-daraja · 23-savol
Rasmdagi velosiped oldingi yulduzchasida 48 ta, orqa yulduzchasida esa 16 ta tish bor. Pedal sekundiga 1 marta aylantirilsa, orqa g‘ildirakning aylanish chastotasi qancha bo‘ladi?
A-daraja · 24-savol
Tasmali uzatmada R1 = 6 sm va R2 = 18 sm. Agar kichik shkiv chetidagi nuqtaning markazga intilma tezlanishi 12 m/s2 bo‘lsa, katta shkiv chetidagi nuqtaning tezlanishi qancha?A-daraja · 25-savol
Bitta o‘qqa mahkamlangan R1 = 10 sm va R2 = 25 sm radiusli ikki diskdan kichigi chetidagi nuqtaning normal tezlanishi 4 m/s2 ga teng. Katta disk chetidagi nuqtaning normal tezlanishini toping.B-daraja · 1-savol
Rasmdagi uzatmada 1- va 2-shkivlar tasma bilan bog‘langan, 2- va 3-shkivlar esa bitta o‘qqa mahkamlangan (R1 = 10 sm, R2 = 30 sm, R3 = 15 sm). Agar v1 = 6 m/s bo‘lsa, 3-shkiv chetidagi nuqtaning tezligi v3 ni toping.
B-daraja · 2-savol
Rasmdagi ikki pog‘onali tasmali uzatmada R1= 10 sm, R2 = 20 sm, R3 = 10 sm, R4 = 30 sm (2- va 3-shkivlar umumiy o‘qda). Agar ω1 = 12 rad/s bo‘lsa, 4-shkivning burchak tezligini toping.
B-daraja · 3-savol
Rasmda ketma-ket ilashgan uchta tishli g‘ildirakning tishlari soni z1 = 15, z2 = 30, z3 = 45. Birinchi g‘ildirak 6 Hz chastota bilan aylansa, uchinchi g‘ildirakning chastotasi qancha?
B-daraja · 4-savol
Rasmdagi velosiped oldingi yulduzchasida 45 ta, orqasida 15 ta tish bor, orqa g‘ildirak radiusi R = 0,4 m. Pedal sekundiga 1 marta aylantirilsa, velosiped qanday tezlik bilan harakatlanadi (π ≈ 3)?
B-daraja · 5-savol
Velosipedning oldingi yulduzchasida 40 ta, orqasida 16 ta tish bor, orqa g‘ildirak radiusi 0,4 m (π ≈ 3). Pedal bir marta to‘liq aylantirilganda velosiped qancha masofa bosib o‘tadi?B-daraja · 6-savol
Rasmdagi uzatmada 1- va 2-shkivlar tasma bilan bog‘langan, 2- va 3-shkivlar esa bitta o‘qqa mahkamlangan (R1 = 10 sm, R2 = 20 sm, R3 = 40 sm). 3- va 1-shkivlar chetidagi nuqtalar markazga intilma tezlanishlarining nisbati a3/a1 ni toping.
B-daraja · 7-savol
Rasmdagi ko‘tarish qurilmasida R1 = 5 sm radiusli motor shkivi ω1 = 20 rad/s burchak tezlikda aylanib, tasma orqali R2 = 25 sm li shkivni aylantiradi. 2-shkiv bilan bitta o‘qdagi R3 = 10 sm li barabanga o‘ralayotgan yuk qanday tezlikda ko‘tariladi?
B-daraja · 8-savol
Rasmdagi friksion uzatmada 1- va 2-roliklar tashqi tegishgan, 2- va 3-disklar esa bitta o‘qqa o‘rnatilgan (R1= 6 sm, R2 = 18 sm, R3 = 9 sm). Agar a1 = 12 m/s2 bo‘lsa, 3- disk chetidagi nuqtaning markazga intilma tezlanishi a3 ni toping.
B-daraja · 9-savol
Ilashgan ikkita tishli g‘ildirakdagi jami tishlar soni 60 ta. Birinchi g‘ildirakning aylanish chastotasi ikkinchisinikidan 3 marta katta bo‘lsa, ularning tishlari sonini toping.B-daraja · 10-savol
Tashqi ilashishli ikkita tishli g‘ildirak markazlari orasidagi masofa 40 sm. Birinchi g‘ildirakning burchak tezligi ikkinchisinikidan 3 marta katta bo‘lsa, g‘ildiraklarning radiuslarini toping.B-daraja · 11-savol
Rasmdagi motor shkivi (R1 = 5 sm) minutiga 1200 marta aylanib, tasma orqali R2 = 20 sm li shkivni harakatga keltiradi (π ≈ 3). Ikkinchi shkivning chastotasi (ν2) va tasmaning tezligi (v) ni toping.
B-daraja · 12-savol
Rasmdagi ikki bosqichli tishli reduktorda z1= 10, z2 = 30, z3 = 12, z4 = 48 (2- va 3-g‘ildiraklar bitta o‘qda). Agar ω1 = 24 rad/s bo‘lsa, chiqishdagi 4-g‘ildirakning burchak tezligini toping.
B-daraja · 13-savol
Tasmali uzatmada katta shkiv radiusi kichiginikidan 3 marta katta. Agar ularning aylanish davrlari yig‘indisi 8 s ga teng bo‘lsa, kichik shkivning aylanish davrini toping.B-daraja · 14-savol
Tasmali uzatmada R2 = 4R1 bo‘lib, shkivlarning aylanish chastotalari farqi 6 Hz ga teng. Katta shkivning aylanish chastotasini toping.B-daraja · 15-savol
Rasmdagi tasmali uzatmada R1 = 8 sm va R2 = 16 sm. A nuqta 1-shkiv chetida, B nuqta esa 2-shkiv radiusining o‘rtasida (rB = 8 sm) joylashgan. vA/vB nisbatni toping.
B-daraja · 16-savol
Rasmdagi tasmali uzatmada R1 = 10 sm va R2 = 20 sm. A nuqta 1-shkiv chetida, B nuqta esa 2-shkiv radiusining o‘rtasida (rB = 10 sm) joylashgan. Markazga intilma tezlanishlar nisbati aA/aB ni toping.
B-daraja · 17-savol
Tishlar soni 12 va 18 bo‘lgan ikkita ilashgan g‘ildirakning tegishgan nuqtalariga belgi qo‘yildi. Kichik g‘ildirakning aylanish davri 2 s bo‘lsa, belgilar qancha vaqtdan keyin yana ayni shu holatda uchrashadi?B-daraja · 18-savol
Rasmda 1- va 2-shkivlar bitta o‘qqa mahkamlangan, 2- shkiv esa 3-shkiv bilan tasma orqali bog‘langan (R1 = 6 sm, R2 = 18 sm, R3 = 9 sm). Agar a1 = 4 m/s2 bo‘lsa, 3-shkiv chetidagi nuqtaning markazga intilma tezlanishini toping.
B-daraja · 19-savol
Tasmali uzatmada birinchi shkiv chetidagi nuqtaning tezligi 6 m/s, normal tezlanishi esa 18 m/s2. Ikkinchi shkiv chetidagi nuqtaning normal tezlanishi 6 m/s2 bo‘lsa, ikkinchi shkivning radiusini toping.B-daraja · 20-savol
Rasmda ketma-ket ilashgan 4 ta tishli g‘ildirakdan 1- si soat miliga teskari ω1 = 10 rad/s burchak tezlikda aylanmoqda (z1 = 12, z4 = 24). 4-g‘ildirakning aylanish yo‘nalishi va burchak tezligini toping.
B-daraja · 21-savol
Magnitofon lentasi radiusi 2 sm bo‘lgan g‘altakdan radiusi 6 sm bo‘lgan g‘altakka o‘ralmoqda. Kichik g‘altak 9 Hz chastota bilan aylanganda katta g‘altakning chastotasi qancha bo‘ladi?B-daraja · 22-savol
Velosipedchi pedalni o‘zgarmas chastotada aylantirib ketayotib, zanjirni orqa 24 tishli yulduzchadan 16 tishli yulduzchaga o‘tkazdi. Velosipedning tezligi necha marta ortdi?B-daraja · 23-savol
Grafikda tasmali uzatmadagi ikkinchi shkiv burchak tezligining birinchi shkiv burchak tezligiga bog‘lanishi ω2(ω1) berilgan. Agar R1 = 10 sm bo‘lsa, R2 ni toping.
B-daraja · 24-savol
Grafikda ilashgan ikki tishli g‘ildirak chastotalarining bog‘lanishi ν2(ν1) berilgan. Agar z2 = 60 bo‘lsa, birinchi g‘ildirakdagi tishlar soni z1 ni toping.
B-daraja · 25-savol
Rasmdagi bitta umumiy tasma bilan bog‘langan uchta shkivning radiuslari R1 = 5 sm, R2 = 10 sm, R3 = 15 sm. Agar ω1 = 6 rad/s bo‘lsa, 2- va 3-shkivlarning burchak tezliklarini toping.
Mavzuga oid laboratoriya
Laboratoriyada sinab ko'ringMexanik soatSaytdagi 3D laboratoriya →Telegramda ulashish