Gaia BH3: galaktikamizdagi eng og'ir yulduz qora tuynugi topildi
Kashfiyot 2024 yil 16 aprelda Astronomy & Astrophysics jurnalida e'lon qilindi.

Rasm: Virtual laboratoriya (3D tasvir)
Gaia teleskopi 2013 yildan beri galaktikamizdagi milliardlab yulduzning osmondagi o'rni va harakatini o'ta aniq o'lchab kelmoqda. Ma'lumotlarning navbatdagi to'plamini tekshirayotgan olimlar Burgut turkumidagi qari gigant yulduzga e'tibor qaratdi: u g'alati «chayqalib» harakatlanardi.
Yulduz ko'rinmas sherigi atrofida 11,6 yillik orbitada aylanayotgan ekan. Orbita o'lchamlari va tezligidan sherikning massasi hisoblandi — u Quyoshnikidan 33 marta katta chiqdi. Bunday og'ir, lekin hech qanday nur chiqarmaydigan jism faqat qora tuynuk bo'lishi mumkin.
Shu paytgacha galaktikamizdagi eng og'ir yulduz qora tuynugi 21 Quyosh massali Oqqush X-1 edi. Odatda bunday qora tuynuklar 10 Quyosh massasi atrofida bo'ladi. Gaia BH3 esa Yerga ikkinchi eng yaqin ma'lum qora tuynuk.
Hamroh yulduz koinot paydo bo'lganidan keyingi ilk 2 milliard yil ichida shakllangan va unda og'ir elementlar juda kam. Bu shuni ko'rsatadiki, qora tuynukka aylangan yulduz ham shunday «kambag'al» tarkibli bo'lgan. Bunday yulduzlar hayoti davomida kam massa yo'qotadi va o'limidan keyin og'ir qora tuynuk qoldiradi.
Laboratoriyada sinab ko'ringSun'iy yo'ldoshSaytdagi 3D laboratoriya →Telegramda ulashishManbalar: ESA · Leibniz Institute for Astrophysics Potsdam