Afsonaviy Arecibo radioteleskopi qulab tushdi
Qulash 2020 yil 1 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:55 da yuz berdi. Hech kim jabrlanmadi.

Rasm: Virtual laboratoriya (3D tasvir)
Arecibo 1963 yilda tog'lar orasidagi tabiiy chuqurlikka qurilgan. Uning ko'zgusi qariyb 40 ming alyuminiy plitadan yig'ilgan. Ko'zgudan 137 m balandda uchta minoraga tortilgan po'lat trosslarda qabul qiluvchi asboblar platformasi osilib turardi.
2020 yil 10 avgustda yordamchi tross uyasidan sirg'alib chiqdi va ko'zguda 30 metrlik yoriq ochdi. 6 noyabrda esa asosiy trosslardan biri uzildi. Vaholanki, unga tushgan yuk ruxsat etilganidan ancha kam edi. Muhandislar qolgan trosslar ham har qanday payt uzilishi mumkinligini aytdi. 19 noyabrda teleskopni yopishga qaror qilindi.
Har bir tross prujina kabi cho'ziladi: yuk qancha katta bo'lsa, u shuncha ko'p cho'ziladi. Lekin har bir materialning chegarasi bor. Trosslar birin-ketin ishdan chiqqach, yuk qolganlariga o'tdi. 1 dekabr kuni ertalab yana bir tross uzildi va platforma minoralar uchini sindirib, ko'zguga qulab tushdi.
Arecibo ko'plab tarixiy kashfiyotlar qilgan. Unda Merkuriyning aylanish davri aniqlangan va qo'shaloq pulsar topilgan, bu kashfiyot keyinchalik Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan. Birinchi ekzosayyoralar ham shu teleskopda topilgan. 1974 yilda undan boshqa yulduzlarga mashhur «Arecibo xabari» yuborilgan.
Laboratoriyada sinab ko'ringGuk qonuniSaytdagi 3D laboratoriya →Telegramda ulashishManbalar: Physics World · National Geographic