Virtual laboratoriya

Bosh sahifa › Testlar › Kinematika › To‘g‘ri chiziqli tekis harakat

To‘g‘ri chiziqli tekis harakat

«To‘g‘ri chiziqli tekis harakat» mavzusi bo‘yicha 50 ta test: A-daraja (25 ta) va B-daraja (25 ta).

Muallif: Dilmurod Xaydarov (@fizikezdan)

Masalalarda berilmagan hollarda havo qarshiligi va yo‘qotishlar hisobga olinmaydi.

  1. A-daraja · 1-savol

    Jism istalgan teng vaqt oraliqlarida bir xil ko‘chishlar bajaradigan harakatga nima deyiladi?
  2. A-daraja · 2-savol

    To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda tezlikning Xalqaro birliklar tizimidagi (SI) o‘lchov birligi qaysi?
  3. A-daraja · 3-savol

    To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda jismning tezlik vektori v qanday xossaga ega?
  4. A-daraja · 4-savol

    To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda x koordinataning vaqtga bog‘lanish tenglamasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  5. A-daraja · 5-savol

    To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda jism tezligining vaqtga bog‘lanish grafigi v(t) qanday chiziqdan iborat?
  6. A-daraja · 6-savol

    36 km/soat tezlikni m/s larda ifodalang.
  7. A-daraja · 7-savol

    Avtomobil 72 km/soat tezlik bilan tekis harakatlanmoqda. Uning tezligini SI birligida toping.
  8. A-daraja · 8-savol

    15 m/s tezlik km/soat hisobida qanchaga teng?
  9. A-daraja · 9-savol

    Poyezd 108 km/soat tezlik bilan ketmoqda. U 1 sekundda necha metr yo‘l bosadi?
  10. A-daraja · 10-savol

    Shamolning tezligi 25 m/s ga teng. Bu tezlikni km/soat larda ifodalang.
  11. A-daraja · 11-savol

    Velosipedchi 12 m/s o‘zgarmas tezlik bilan 15 s harakatlandi. U qancha yo‘l bosib o‘tgan?
  12. A-daraja · 12-savol

    Avtobus 240 km masofani 3 soat da tekis harakatlanib bosib o‘tdi. Avtobusning tezligini toping.
  13. A-daraja · 13-savol

    Jism 15 m/s tekis tezlik bilan 450 m yo‘lni qancha vaqtda bosib o‘tadi?
  14. A-daraja · 14-savol

    Avtomobil 72 km/soat o‘zgarmas tezlik bilan harakatlanib, 25 s da qancha yo‘l bosadi?
  15. A-daraja · 15-savol

    Sportchi 6 m/s tekis tezlik bilan 5 minut yugurdi. U qancha masofani bosib o‘tgan?
  16. A-daraja · 16-savol

    Piyoda 3,6 km yo‘lni 10 minut da tekis harakatlanib bosib o‘tdi. Uning tezligini (m/s) toping.
  17. A-daraja · 17-savol

    Tovush havoda 340 m/s o‘zgarmas tezlik bilan tarqaladi. Chaqmoq chaqnagandan 4 s o‘tgach momaqaldiroq ovozi eshitilsa, chaqmoq qancha masofada chaqnagan?
  18. A-daraja · 18-savol

    Jismning harakat tenglamasi x = 5 + 3t (SI) ko‘rinishda berilgan. Uning boshlang‘ich koordinatasi x0 va tezlik proyeksiyasi vx ni aniqlang.
  19. A-daraja · 19-savol

    Moddiy nuqtaning harakat tenglamasi x = 10−4t (SI) ko‘rinishga ega. Nuqta tezligining OX o‘qidagi proyeksiyasi vx nimaga teng?
  20. A-daraja · 20-savol

    Harakat tenglamasi x = 4 + 5t (SI) bo‘lgan jismning t = 6 s vaqtdagi koordinatasini toping.
  21. A-daraja · 21-savol

    Jism x = 20 −3t (SI) qonun bo‘yicha harakatlanmoqda. t = 5 s paytda uning koordinatasi qanday bo‘ladi?
  22. A-daraja · 22-savol

    Moddiy nuqta x = −8 + 4t (SI) tenglama bo‘yicha harakatlanmoqda. Dastlabki 5 s ichida uning ko‘chish proyeksiyasi Sx qanchaga teng?
  23. A-daraja · 23-savol

    Jism dastlabki 4 s da 40 m, keyingi 6 s da esa 60 m yo‘l bosdi. Butun harakat davomidagi o‘rtacha tezlikni toping.
  24. A-daraja · 24-savol

    Avtomobil dastlab 2 soat da 120 km, so‘ngra 3 soat da 180 km yo‘l yurdi. Avtomobilning o‘rtacha tezligini toping.
  25. A-daraja · 25-savol

    To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda bosib o‘tilgan yo‘lning vaqtga bog‘lanish grafigi s(t) qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
  26. B-daraja · 1-savol

    Ikki jismning OX o‘qi bo‘ylab harakat tenglamalari x1 = 10 + 4t va x2 = 50 −6t (SI) ko‘rinishda berilgan. Ularning uchrashish vaqti va koordinatasini toping.
  27. B-daraja · 2-savol

    Ikki avtomobilning harakat tenglamalari x1 = −12+8t va x2 = 24+2t (SI) ga teng. Birinchi avtomobil ikkinchisini qancha vaqtdan keyin va qaysi koordinatada quvib yetadi?
  28. B-daraja · 3-savol

    Ikki moddiy nuqtaning harakat tenglamalari x1 = 6t va x2 = 100 −4t (SI). t = 5 s paytda ular orasidagi masofa qanchaga teng bo‘ladi?
  29. B-daraja · 4-savol

    Harakat tenglamalari x1 = 15 + 5t va x2 = 55 + 5t (SI) bo‘lgan ikki jism haqida qaysi fikr to‘g‘ri?
  30. B-daraja · 5-savol

    Jismning harakat tenglamasi x = 40 −8t (SI). Jism harakat boshlangandan qancha vaqt o‘tgach koordinata boshidan (x = 0) o‘tadi?
  31. B-daraja · 6-savol

    Avtomobil butun yo‘lning birinchi yarmini 30 km/soat, ikkinchi yarmini esa 60 km/soat o‘zgarmas tezlik bilan bosib o‘tdi. Butun yo‘ldagi o‘rtacha tezlikni toping.
  32. B-daraja · 7-savol

    Velosipedchi butun harakat vaqtining birinchi yarmida 12 m/s, ikkinchi yarmida esa 20 m/s tezlik bilan yurdi. Uning o‘rtacha tezligini toping.
  33. B-daraja · 8-savol

    Poyezd yo‘lning13 qismini 20 km/soat, qolgan23 qismini esa 40 km/soat tezlik bilan bosib o‘tdi. Poyezdning butun yo‘ldagi o‘rtacha tezligini toping.
  34. B-daraja · 9-savol

    Avtomobil dastlabki 120 km yo‘lni 60 km/soat tezlik bilan bosib o‘tdi, so‘ngra 1 soat to‘xtab dam oldi va qolgan 120 km yo‘lni 40 km/soat tezlik bilan yurdi. Butun harakat davomidagi o‘rtacha tezlikni toping.
  35. B-daraja · 10-savol

    Avtomobil A shahardan 60 km uzoqlikdagi B shaharga 30 km/soat tezlik bilan borib, orqaga 60 km/soat tezlik bilan qaytib keldi. Uning yo‘l bo‘yicha (vo‘rt) va ko‘chish bo‘yicha (vk) o‘rtacha tezliklarini toping.
  36. B-daraja · 11-savol

    Uzunligi 180 m bo‘lgan poyezd 20 m/s o‘zgarmas tezlik bilan uzunligi 420 m bo‘lgan ko‘prikdan qancha vaqtda to‘liq o‘tib ketadi?
  37. B-daraja · 12-savol

    Uzunligi 150 m bo‘lgan poyezd telegraf ustuni yonidan 10 s da o‘tdi. Shu tezlik bilan u uzunligi 300 m bo‘lgan tonneldan necha sekundda to‘liq o‘tadi?
  38. B-daraja · 13-savol

    Parallel relslarda bir-biriga qarab kelayotgan ikki poyezdning uzunliklari 200 m va 160 m, tezliklari esa mos ravishda 15 m/s va 21 m/s. Ular bir-birining yonidan qancha vaqtda to‘liq o‘tib ketadi?
  39. B-daraja · 14-savol

    To‘g‘ri yo‘lda bir yo‘nalishda ketayotgan ikki avtomobilning tezliklari 25 m/s va 15 m/s. Agar ular orasidagi dastlabki masofa 200 m bo‘lsa, orqadagi avtomobil oldingisini necha sekundda quvib yetadi?
  40. B-daraja · 15-savol

    Motorli qayiqning tinch suvdagi tezligi 10 m/s, daryo oqimining tezligi esa 2 m/s. Qayiq ikki pristan orasidagi 96 m masofani oqim bo‘ylab borib, oqimga qarshi qaytib kelishi uchun jami qancha vaqt sarflaydi?
  41. B-daraja · 16-savol

    Kater daryo oqimi bo‘ylab 18 km/soat, oqimga qarshi esa 12 km/soat tezlik bilan harakatlanadi. Daryo oqimining tezligini toping.
  42. B-daraja · 17-savol

    Harakatlanayotgan metro eskalatori tinch turgan yo‘lovchini 60 s da yuqoriga olib chiqadi. To‘xtab turgan eskalatorda esa yo‘lovchi o‘zi yurib 30 s da chiqadi. Agar yo‘lovchi harakatlanayotgan eskalatorda yuqoriga yurib chiqsa, qancha vaqt sarflaydi?
  43. B-daraja · 18-savol

    Chorrahadan o‘zaro perpendikulyar yo‘llar bo‘ylab ikki avtomobil 6 m/s va 8 m/s o‘zgarmas tezliklar bilan bir vaqtda uzoqlasha boshladi. 5 s dan so‘ng ular orasidagi masofa qancha bo‘ladi?
  44. B-daraja · 19-savol

    Kengligi 120 m bo‘lgan daryoni qayiq qirg‘oqqa tik yo‘nalishda suvga nisbatan 4 m/s tezlik bilan kesib o‘tmoqda. Agar daryo oqimining tezligi 3 m/s bo‘lsa, oqim qayiqni qancha masofaga surib ketadi?
  45. B-daraja · 20-savol

    Poyezd 10 m/s tezlik bilan tekis harakatlanmoqda. Vagon ichidagi yo‘lovchi poyezd harakati yo‘nalishida vagonga nisbatan 2 m/s tezlik bilan yurmoqda. Yo‘lovchining Yerga nisbatan tezligi qancha?
  46. B-daraja · 21-savol

    Grafikda to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanayotgan jism koordinatasining vaqtga bog‘lanishi tasvirlangan. Jismning tezlik proyeksiyasi vx va t = 6 s paytdagi koordinatasini toping.
    21-savol uchun rasm
  47. B-daraja · 22-savol

    Grafikda ikki jismning x(t) harakat grafiklari berilgan. Ularning tezlik modullari nisbati |v1||v2| nimaga teng?
    22-savol uchun rasm
  48. B-daraja · 23-savol

    Grafikda jism tezligining vaqtga bog‘lanishi berilgan. Dastlabki 10 s davomida jism bosib o‘tgan umumiy yo‘lni toping.
    23-savol uchun rasm
  49. B-daraja · 24-savol

    Grafikda jism tezlik proyeksiyasining vaqtga bog‘lanishi vx(t) ko‘rsatilgan. 8 s davomida jismning bosib o‘tgan yo‘li (s) va ko‘chish modulini (S) aniqlang.
    24-savol uchun rasm
  50. B-daraja · 25-savol

    Grafikda jism bosib o‘tgan yo‘lning vaqtga bog‘lanishi s(t) tasvirlangan. Jismning butun 10 s davomidagi o‘rtacha tezligini toping.
    25-savol uchun rasm

Mavzuga oid laboratoriya

Laboratoriyada sinab ko'ringAtvud mashinasiSaytdagi 3D laboratoriya →Telegramda ulashish