Virtual laboratoriya

Bosh sahifa › Testlar › Kinematika › To‘g‘ri chiziqli tekis harakatni grafik tasvirlash

To‘g‘ri chiziqli tekis harakatni grafik tasvirlash

«To‘g‘ri chiziqli tekis harakatni grafik tasvirlash» mavzusi bo‘yicha 50 ta test: A-daraja (25 ta) va B-daraja (25 ta).

Muallif: Dilmurod Xaydarov (@fizikezdan)

  1. A-daraja · 1-savol

    To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda koordinataning vaqtga bog‘lanish grafigi x(t) qanday ko‘rinishga ega?
  2. A-daraja · 2-savol

    Tezlik proyeksiyasining vaqtga bog‘lanish grafigi vx(t) va vaqt o‘qi orasida hosil bo‘lgan to‘rtburchakning yuzasi son jihatdan nimaga teng?
  3. A-daraja · 3-savol

    Agar jismning x(t) harakat grafigi vaqt o‘qiga (Ot ga) parallel to‘g‘ri chiziq bo‘lsa, jism qanday holatda bo‘ladi?
  4. A-daraja · 4-savol

    Agar x(t) grafik vaqt o‘tishi bilan pastga qarab og‘gan to‘g‘ri chiziq bo‘lsa, tezlik proyeksiyasi vx ning ishorasi qanday?
  5. A-daraja · 5-savol

    Ikki jismning x(t) harakat grafiklari biror nuqtada kesishsa, bu nuqta nimani bildiradi?
  6. A-daraja · 6-savol

    Chizmada keltirilgan x(t) grafikdan foydalanib, jismning boshlang‘ich koordinatasi x0 ni aniqlang.
    6-savol uchun rasm
  7. A-daraja · 7-savol

    Grafikda jism koordinatasining vaqtga bog‘lanishi tasvirlangan. Jismning tezlik proyeksiyasi vx ni toping.
    7-savol uchun rasm
  8. A-daraja · 8-savol

    Chizmadagi x(t) grafikdan jismning t = 4 s paytdagi koordinatasini aniqlang.
    8-savol uchun rasm
  9. A-daraja · 9-savol

    Grafikda jism tezligining vaqtga bog‘lanishi v(t) berilgan. Jism 6 s davomida qancha yo‘l bosib o‘tgan?
    9-savol uchun rasm
  10. A-daraja · 10-savol

    Chizmada jism bosib o‘tgan yo‘lning vaqtga bog‘lanish grafigi s(t) tasvirlangan. Jismning tezligini toping.
    10-savol uchun rasm
  11. A-daraja · 11-savol

    Grafikdan foydalanib, OX o‘qi bo‘ylab harakatlanayotgan jismning tezlik proyeksiyasi vx ni aniqlang.
    11-savol uchun rasm
  12. A-daraja · 12-savol

    Chizmada ikki jismning s(t) yo‘l grafiklari keltirilgan. Ularning tezliklarini taqqoslang.
    12-savol uchun rasm
  13. A-daraja · 13-savol

    x = 10+2t (SI) harakat tenglamasiga mos keluvchi x(t) grafik vertikal Ox o‘qini qaysi nuqtada kesib o‘tadi?
  14. A-daraja · 14-savol

    Tezlik proyeksiyasi vx = −5 m/s bo‘lgan tekis harakatning vx(t) grafigi vaqt o‘qiga nisbatan qayerda joylashadi?
  15. A-daraja · 15-savol

    Ikki jismning x(t) harakat grafiklari o‘zaro parallel to‘g‘ri chiziqlardan iborat bo‘lsa, ular haqida qaysi xulosa to‘g‘ri?
  16. A-daraja · 16-savol

    Yo‘lning vaqtga bog‘lanish grafigi s(t) da gorizontal (vaqt o‘qiga parallel) kesma nimani anglatadi?
  17. A-daraja · 17-savol

    Bir xil masshtabda chizilgan x(t) grafikda qaysi jismning tezligi kattaroq bo‘ladi?
  18. A-daraja · 18-savol

    vx(t) grafikda tezlik chizig‘i vx = 6 m/s darajada vaqt o‘qiga parallel joylashgan. t = 5 s da grafik ostidagi yuza qanchaga teng?
  19. A-daraja · 19-savol

    Chizmadagi x(t) grafik asosida jismning harakat tenglamasini yozing (SI).
    19-savol uchun rasm
  20. A-daraja · 20-savol

    Grafikdatasvirlanganharakatningtenglamasini aniqlang (SI).
    20-savol uchun rasm
  21. A-daraja · 21-savol

    Chizmadagi vx(t) grafikdan foydalanib, jismning dastlabki 4 s ichidagi ko‘chish proyeksiyasi Sx ni toping.
    21-savol uchun rasm
  22. A-daraja · 22-savol

    Grafikda ikki jismning harakat grafiklari berilgan. Ularning uchrashish vaqti va koordinatasini aniqlang.
    22-savol uchun rasm
  23. A-daraja · 23-savol

    Chizmadagi s(t) grafik bo‘yicha jism harakat davomida necha sekund to‘xtab turgan?
    23-savol uchun rasm
  24. A-daraja · 24-savol

    Grafikdan foydalanib, boshlang‘ich (t = 0) paytda ikki jism orasidagi masofani toping.
    24-savol uchun rasm
  25. A-daraja · 25-savol

    Chizmada ikki avtomobilning v(t) grafiklari berilgan. 5 s davomida birinchi avtomobil ikkinchisidan necha metr ko‘proq yo‘l bosadi?
    25-savol uchun rasm
  26. B-daraja · 1-savol

    Koordinata o‘qida 1 sm ga 2 m, vaqt o‘qida 1 sm ga 1 s to‘g‘ri keladigan masshtabda chizilgan x(t) grafik vaqt o‘qi bilan 45° burchak hosil qiladi. Jism tezligini toping.
  27. B-daraja · 2-savol

    Bir xil masshtabda chizilgan x(t) grafikda birinchi jism chizig‘i vaqt o‘qi bilan 60°, ikkinchi jism chizig‘i esa 30° burchak hosil qiladi. Ularning tezliklari nisbati v1/v2 ni toping.
  28. B-daraja · 3-savol

    Jismning boshlang‘ich koordinatasi x0 = −6 m. Uning vx(t) grafigi vx = 4 m/s darajada vaqt o‘qiga parallel to‘g‘ri chiziq bo‘lsa, t = 5 s paytdagi koordinatasini toping.
  29. B-daraja · 4-savol

    Boshlang‘ich koordinatasi x0 = 36 m va tezlik proyeksiyasi vx = −6 m/s bo‘lgan jismning x(t) grafigi vaqt o‘qini (x = 0) qaysi paytda kesib o‘tadi?
  30. B-daraja · 5-savol

    Nima uchun harakatlanayotgan jismning yo‘l grafigi s(t) hech qachon vaqt o‘tishi bilan pastga qarab pasaymaydi?
  31. B-daraja · 6-savol

    Chizmadagi x(t) grafik bo‘yicha harakatlanayotgan jismning tezlik proyeksiyasi vx va t = 10 s paytdagi koordinatasini toping.
    6-savol uchun rasm
  32. B-daraja · 7-savol

    Grafikda jism koordinatasining vaqtga bog‘lanishi berilgan. Jismning t = 2 s dan t = 5 s gacha bo‘lgan tezligini va butun 5 s davomidagi o‘rtacha tezligini toping.
    7-savol uchun rasm
  33. B-daraja · 8-savol

    Chizmadagi x(t) grafik bo‘yicha jismning 8 s davomida bosib o‘tgan umumiy yo‘li (s) va ko‘chish modulini (S) toping.
    8-savol uchun rasm
  34. B-daraja · 9-savol

    Chizmada keltirilgan x(t) grafik asosida jismning t = 4 s dan t = 8 s gacha bo‘lgan oraliqdagi tezlik proyeksiyasi vx ni toping.
    9-savol uchun rasm
  35. B-daraja · 10-savol

    Grafikda ikki jismning x(t) harakat chiziqlari tasvirlangan. t = 6 s paytda ular orasidagi masofa qanchaga teng bo‘ladi?
    10-savol uchun rasm
  36. B-daraja · 11-savol

    Chizmada bir yo‘nalishda harakatlanayotgan ikki avtomobilning x(t) grafiklari berilgan. Birinchi avtomobil ikkinchisini qaysi vaqtda va qaysi koordinatada quvib yetadi?
    11-savol uchun rasm
  37. B-daraja · 12-savol

    Grafikda jism tezligining vaqtga bog‘lanishi v(t) ko‘rsatilgan. Butun 10 s davomidagi o‘rtacha tezlikni toping.
    12-savol uchun rasm
  38. B-daraja · 13-savol

    Jism x0 = 5 m nuqtadan harakat boshlab, chizmada ko‘rsatilgan vx(t) grafik bo‘yicha yurdi.t = 7 s paytdagi koordinatasini toping.
    13-savol uchun rasm
  39. B-daraja · 14-savol

    Chizmadagi vx(t) grafik bo‘yicha harakatlanayotgan jismning 7 s davomida bosib o‘tgan yo‘li (s) va ko‘chish modulini (S) aniqlang.
    14-savol uchun rasm
  40. B-daraja · 15-savol

    Bir nuqtadan bir vaqtda bir xil yo‘nalishda chiqqan ikki jismning v(t) grafiklari keltirilgan. t = 6 s paytda ular orasidagi masofa qanchaga teng?
    15-savol uchun rasm
  41. B-daraja · 16-savol

    Grafikda jism yo‘lining vaqtga bog‘lanishi s(t) tasvirlangan. Jismning harakat davomidagi eng katta tezligi nimaga teng?
    16-savol uchun rasm
  42. B-daraja · 17-savol

    Chizmadagi x(t) grafikdan jism koordinata boshidan (x = 0) qaysi paytda o‘tganini va uning tezlik proyeksiyasini toping.
    17-savol uchun rasm
  43. B-daraja · 18-savol

    Grafikda ikki jismning x(t) harakat chiziqlari tasvirlangan (ikkinchi jism 2 s kechroq harakat boshlagan). Ikkinchi jismning tezligini toping.
    18-savol uchun rasm
  44. B-daraja · 19-savol

    Koordinata boshidan t = 0 da birinchi jism 5 m/s tezlik bilan chiqdi. Oradan 2 s o‘tgach shu nuqtadan ikkinchi jism 10 m/s tezlik bilan uning ketidan yo‘lga tushdi. Ularning x(t) grafiklari qaysi nuqtada kesishadi?
  45. B-daraja · 20-savol

    Chizmada jism tezlik proyeksiyasining vaqtga bog‘lanishi vx(t) berilgan. 6 s davomida jism bosib o‘tgan yo‘l (s) va ko‘chish moduli (S) qancha?
    20-savol uchun rasm
  46. B-daraja · 21-savol

    Chizmada uchta jismning x(t) grafiklari tasvirlangan. Qaysi jism tinch turibdi va qaysi biri OX o‘qiga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanmoqda?
    21-savol uchun rasm
  47. B-daraja · 22-savol

    Grafikda jism koordinatasining vaqtga bog‘lanishi x(t) keltirilgan. Jismning 0 dan 10 s gacha bo‘lgan o‘rtacha yo‘l tezligini toping.
    22-savol uchun rasm
  48. B-daraja · 23-savol

    Jism chizmadagi vx(t) grafik bo‘yicha harakatlanmoqda. Harakat boshlangandan qancha vaqt o‘tgach jism yana o‘zining boshlang‘ich nuqtasiga qaytib keladi?
    23-savol uchun rasm
  49. B-daraja · 24-savol

    Chizmadagi x(t) grafik bo‘yicha tekis harakatlanayotgan jismning t = 9 s paytdagi koordinatasini aniqlang.
    24-savol uchun rasm
  50. B-daraja · 25-savol

    Bir-biridan 80 m masofada turgan ikki avtomobilning vx(t) grafiklari berilgan (x01 = 0, x02 = 80 m). Ular qancha vaqtdan keyin uchrashadi?
    25-savol uchun rasm

Mavzuga oid laboratoriya

Laboratoriyada sinab ko'ringAtvud mashinasiSaytdagi 3D laboratoriya →Telegramda ulashish