Virtual laboratoriya

Bosh sahifa › Testlar › Milliy sertifikat — 24.11.2026

Milliy sertifikat — 24.11.2026

24.11.2026 da o‘tkazilgan fizika fanidan milliy sertifikat imtihonida tushgan savollar.

I bo‘lim — test (1–32-topshiriqlar), II bo‘lim — moslashtirish (33–35), III bo‘lim — masalalar (36–45). Masalalarning a) va b) qismlari alohida savol sifatida tekshiriladi. «Sinov» rejimida barcha savollar uchun 2,5 soat beriladi, xuddi imtihondagidek.

  1. 1-topshiriq

    Uzunligi 200 m bo‘lgan poyezd uzunligi 800 m bo‘lgan tuneldan 80 s da o‘tdi. Poyezdning tezligini toping.
  2. 2-topshiriq

    Kosmonavtning yuklanishi 9 ga teng bo‘lsa, uning tezlanishini toping.
  3. 3-topshiriq

    Uzunligi 40 cm, massasi 4 kg bo‘lgan bir jinsli arqonning yuqori uchi shipga mahkamlangan, pastki uchiga esa yuk osilgan (rasmda). Arqonning yuqori uchidan 10 cm pastda joylashgan A nuqtadagi elastiklik kuchi 90 N ga teng. Yukning massasini toping.
    3-topshiriq uchun rasm
  4. 4-topshiriq

    Uzunligi 10 m bo‘lgan bir jinsli sterjen rasmda ko‘rsatilgandek muvozanatda turibdi: tayanch sterjenning o‘ng uchidan 2 m masofada, o‘ng uchiga esa 60 kg massali yuk osilgan. Sterjenning massasini toping.
    4-topshiriq uchun rasm
  5. 5-topshiriq

    Massasi 600 g bo‘lgan jism 110 m balandlikdan boshlang‘ich 2 m/s tezlik bilan tik pastga otildi. Jismning yerga urilish vaqti 5 s bo‘lsa, havoning qarshilik kuchini toping.
  6. 6-topshiriq

    Avtomobil qiya tekislik bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilayotganda nima uchun tezligini kamaytiradi?
  7. 7-topshiriq

    Jism gorizontga nisbatan 45° dan kichik burchak ostida 40 m/s tezlik bilan otildi va 80√3 m uzoqlikka tushdi. Jismning uchish vaqtini toping.
  8. 8-topshiriq

    Jism x = 0,4 sin(20πt + π/2) (m) qonun bo‘yicha tebranmoqda. Harakat boshlangandan 3,2 s o‘tgach jismning tezligini toping (m/s).
  9. 9-topshiriq

    Uzunligi 32 cm bo‘lgan ipga osilgan jism vertikal tekislikda bir marta to‘liq aylanishi uchun unga gorizontal yo‘nalishda qanday minimal tezlik berish kerak (m/s)?
  10. 11-topshiriq

    p/(nT) birligini toping.
  11. 12-topshiriq

    Ko‘ndalang kesim yuzi 4 mm2 bo‘lgan vertikal simga 20 kg massali yuk osilgan. Simning o‘z og‘irligi hisobga olinmasa, mexanik kuchlanishni toping (MPa).
  12. 13-topshiriq

    2 mol geliy izoxorik jarayonda 100 K ga qizdirildi. Gazga berilgan issiqlik miqdorini toping (J).
  13. 14-topshiriq

    2 kg suvni 10 K ga isitish uchun qancha issiqlik miqdori kerak (kJ)?
  14. 16-topshiriq

    Elektr maydon kuchlanganligining birligini toping.
  15. 17-topshiriq

    Manbadan uzilgan havo kondensatori qoplamalari orasidagi masofa 3 marta kamaytirildi va oralig‘i dielektrik singdiruvchanligi 3 bo‘lgan dielektrik bilan to‘ldirildi. Kondensator energiyasi qanday o‘zgaradi?
  16. 18-topshiriq

    Tashqi zanjir qarshiligi tok manbaining ichki qarshiligidan 4 marta katta. Manbaning FIK ni toping.
  17. 19-topshiriq

    Proton bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga tik yo‘nalishda kirib, chorak aylana bo‘ylab 1,2 ns da harakatlandi. m/q = 10−8 kg/C, π = 3 bo‘lsa, magnit induksiyani toping (T).
  18. 20-topshiriq

    Qarshiliklari bir xil bo‘lgan metall o‘tkazgich va sof yarimo‘tkazgich ketma-ket ulangan. Ikkalasi bir xil temperaturagacha qizdirilsa, umumiy qarshilik qanday o‘zgaradi?
  19. 21-topshiriq

    Rasmdagi sxemada manba kuchlanishi 60 V. C1 = 3 nF va C2 = 6 nF kondensatorlar ketma-ket ulangan, ularga C3 = 5 nF kondensator parallel ulangan. C3 kondensator energiyasini toping.
    21-topshiriq uchun rasm
  20. 22-topshiriq

    O‘zgaruvchan tok zanjiridagi tok kuchi i = 8 sin(200πt + π/4) qonuniyat bo‘yicha o‘zgarmoqda. Tokning o‘zgarish davrini toping (ms).
  21. 23-topshiriq

    Induktivligi 0,6 H bo‘lgan g‘altakning dastlabki magnit maydon energiyasi 19,2 J. Tok kuchi 0,1 s ichida chiziqli ravishda 4 A gacha kamaytirildi. O‘zinduksiya EYuK modulini toping (V).
  22. 24-topshiriq

    Tok manbaining EYuK qiymati 12 V, qisqa tutashuv toki 6 A. Manbaga 4 Ω tashqi qarshilik ulanganda zanjirdagi tok kuchi qancha bo‘ladi (A)?
  23. 25-topshiriq

    O‘zgaruvchan tok zanjiriga aktiv qarshiligi 24 Ω bo‘lgan rezistor, induktiv qarshiligi 40 Ω bo‘lgan g‘altak va sig‘im qarshiligi 30 Ω bo‘lgan kondensator ketma-ket ulangan. Zanjirning reaktiv qarshiligini toping (Ω).
  24. 26-topshiriq

    Havoda joylashgan yassi-qavariq shisha linza qavariq sirtining egrilik radiusi 15 cm. Yupqa linzaning fokus masofasini toping (cm).
  25. 27-topshiriq

    To‘lqin uzunligi 400 nm bo‘lgan yorug‘lik nuri ideal qaytaruvchi oq sirtga tik tushmoqda. Har 3 s da sirtga 2·1025 ta foton tushadi. Yorug‘likning sirtga ta’sir etuvchi bosim kuchini aniqlang (mN).
  26. 28-topshiriq

    Jismning massasi tinchlikdagi massasidan 1,5 marta katta. Uning to‘liq energiyasi kinetik energiyasidan necha marta katta?
  27. 29-topshiriq

    23290Th atomi α-parchalanishga uchradi. Yangi yadroning kinetik energiyasi α-zarraning kinetik energiyasidan necha marta kam?
  28. 30-topshiriq

    Azot 147N yadrosi α-zarralar bilan bombardimon qilinganda kislorod 178O yadrosi va X zarra hosil bo‘ldi. X zarra nima?
  29. 31-topshiriq

    Biror izotopning 2 mol miqdori parchalanganda 427 mg massa yo‘qotiladi. Shu moddaning bitta atomi bo‘linganda qancha energiya ajraladi (MeV)?
  30. 32-topshiriq

    980 m balandlikdan tushayotgan suv sharshara tagidagi toshga urilganda, suvning potensial energiyasi to‘liq issiqlikka aylansa, suv harorati necha °C ga ortadi?
  31. 33-topshiriq

    33–35-topshiriqlarni javob variantlari (A–F) bilan o‘zaro to‘g‘ri moslashtiring.

    Quvvati 2 MW bo‘lgan elektr stansiya energiyani 12 kV kuchlanishda uzatadi. Bir sutka davomida stansiyadagi va iste’molchidagi elektr hisoblagichlar ko‘rsatishlarining farqi 432 kW·soat ni tashkil etdi.

    33. Liniyadagi tok kuchini toping (kA).

  32. 34-topshiriq

    33–35-topshiriqlarni javob variantlari (A–F) bilan o‘zaro to‘g‘ri moslashtiring.

    Quvvati 2 MW bo‘lgan elektr stansiya energiyani 12 kV kuchlanishda uzatadi. Bir sutka davomida stansiyadagi va iste’molchidagi elektr hisoblagichlar ko‘rsatishlarining farqi 432 kW·soat ni tashkil etdi.

    34. Liniyadagi isrofni toping (%).

  33. 35-topshiriq

    33–35-topshiriqlarni javob variantlari (A–F) bilan o‘zaro to‘g‘ri moslashtiring.

    Quvvati 2 MW bo‘lgan elektr stansiya energiyani 12 kV kuchlanishda uzatadi. Bir sutka davomida stansiyadagi va iste’molchidagi elektr hisoblagichlar ko‘rsatishlarining farqi 432 kW·soat ni tashkil etdi.

    35. Isrofni 0,4 % ga tushirish uchun kuchlanishni qancha oshirish kerak (kV)?

  34. 36-topshiriq · a)

    Massasi 2 kg bo‘lgan jism vertikal yuqoriga 24 m/s tezlik bilan otildi. Havoning qarshilik kuchi o‘zgarmas va 4 N ga teng.

    a) Qanday balandlikda jismning potensial energiyasi kinetik energiyasidan 1,8 marta kichik bo‘ladi?

    m
  35. 36-topshiriq · b)

    Massasi 2 kg bo‘lgan jism vertikal yuqoriga 24 m/s tezlik bilan otildi. Havoning qarshilik kuchi o‘zgarmas va 4 N ga teng.

    b) Jism yerga qanday tezlik bilan qaytib tushadi?

    m/s
  36. 37-topshiriq · a)

    Massasi 60 kg bo‘lgan sterjen devorga 30° burchak ostida tirab qo‘yilgan (rasmda). Devor silliq, sterjen sirpanib ketish arafasida turibdi.

    a) Sterjen va pol orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini toping.

    37-topshiriq · a) uchun rasm
  37. 37-topshiriq · b)

    Massasi 60 kg bo‘lgan sterjen devorga 30° burchak ostida tirab qo‘yilgan (rasmda). Devor silliq, sterjen sirpanib ketish arafasida turibdi.

    b) Sterjenning devorni bosish kuchini toping.

    37-topshiriq · b) uchun rasm
    N
  38. 38-topshiriq · a)

    Massasi 6 kg bo‘lgan jism qiya tekislikda turibdi. U ip orqali massasi 4 kg bo‘lgan, hajmining 80 % qismi suvga botgan jism bilan muvozanatda (rasmda). Ishqalanishni hisobga olmang.

    a) Ipning taranglik kuchini toping.

    38-topshiriq · a) uchun rasm
    N
  39. 38-topshiriq · b)

    Massasi 6 kg bo‘lgan jism qiya tekislikda turibdi. U ip orqali massasi 4 kg bo‘lgan, hajmining 80 % qismi suvga botgan jism bilan muvozanatda (rasmda). Ishqalanishni hisobga olmang.

    b) Suvdagi jismning zichligini toping.

    38-topshiriq · b) uchun rasm
    g/cm³
  40. 39-topshiriq · a)

    Isitkichining temperaturasi 227 °C, sovitkichining temperaturasi esa 100 K ga teng. Bir sikl davomida isitkich 2500 J issiqlik oladi.

    a) Dvigatelning FIK ini aniqlang.

    %
  41. 39-topshiriq · b)

    Isitkichining temperaturasi 227 °C, sovitkichining temperaturasi esa 100 K ga teng. Bir sikl davomida isitkich 2500 J issiqlik oladi.

    b) Gazning to‘rt siklda bajargan ishini aniqlang.

    kJ
  42. 40-topshiriq · a)

    Massasi 5 kg, yuzasi 25 cm2 bo‘lgan porshen ostida temperaturasi 300 K bo‘lgan gaz bor. Porshen idish tubidan 60 cm balandlikda turibdi. Atmosfera bosimi 100 kPa. Gaz 100 °C ga qizdirildi.

    a) Porshen necha santimetrga ko‘tariladi?

    cm
  43. 40-topshiriq · b)

    Massasi 5 kg, yuzasi 25 cm2 bo‘lgan porshen ostida temperaturasi 300 K bo‘lgan gaz bor. Porshen idish tubidan 60 cm balandlikda turibdi. Atmosfera bosimi 100 kPa. Gaz 100 °C ga qizdirildi.

    b) Gaz qancha ish bajaradi?

    J
  44. 41-topshiriq · a)

    Tok manbaiga rezistor ulangan. Bunda manbaning FIK 60 %, manbaning qisqa tutashuv toki 5 A.

    a) Zanjirdagi tok kuchini toping.

    A
  45. 41-topshiriq · b)

    Tok manbaiga rezistor ulangan. Bunda manbaning FIK 60 %, manbaning qisqa tutashuv toki 5 A.

    b) Rezistorning qarshiligi 2 marta oshirilsa, manbaning FIK necha foiz bo‘ladi?

    %
  46. 42-topshiriq · a)

    Sulfat kislota eritmasidan zaryad o‘tganda vodorod ajraldi. Vodorodning hajmi 6 l, temperaturasi 27 °C, bosimi 83,1 kPa. Elektrodlar orasidagi kuchlanish 5 V, qurilmaning FIK 80 %. Vodorodning elektrokimyoviy ekvivalenti 1·10−8 kg/C.

    a) Ajralgan vodorodning massasini toping.

    g
  47. 42-topshiriq · b)

    Sulfat kislota eritmasidan zaryad o‘tganda vodorod ajraldi. Vodorodning hajmi 6 l, temperaturasi 27 °C, bosimi 83,1 kPa. Elektrodlar orasidagi kuchlanish 5 V, qurilmaning FIK 80 %. Vodorodning elektrokimyoviy ekvivalenti 1·10−8 kg/C.

    b) Sarflangan elektr energiyasini toping.

    kJ
  48. 43-topshiriq · a)

    Linzaga nur tushdi va unda buyumning 4 marta kattalashgan mavhum tasviri hosil bo‘ldi. Tasvir bilan buyum orasidagi masofa 12 cm.

    a) Tasvirdan linzagacha bo‘lgan masofani toping.

    cm
  49. 43-topshiriq · b)

    Linzaga nur tushdi va unda buyumning 4 marta kattalashgan mavhum tasviri hosil bo‘ldi. Tasvir bilan buyum orasidagi masofa 12 cm.

    b) Linzaning fokus masofasini toping.

    cm
  50. 44-topshiriq · a)

    Quvvati 200 W bo‘lgan lazer nuri 8 km uzoqlikdagi tog‘ga yo‘naltirilgan. Nurning yoyilish burchagi 10−3 radianga teng. sin α ≈ tg α ≈ α.

    a) Lazer nurining tog‘da hosil qilgan dog‘ining diametrini aniqlang.

    m
  51. 44-topshiriq · b)

    Quvvati 200 W bo‘lgan lazer nuri 8 km uzoqlikdagi tog‘ga yo‘naltirilgan. Nurning yoyilish burchagi 10−3 radianga teng. sin α ≈ tg α ≈ α.

    b) Lazer nurining o‘rtacha intensivligini aniqlang.

    W/m²
  52. 45-topshiriq · a)

    Impulsi 1,8·10−24 kg·m/s bo‘lgan elektron tinch turgan proton bilan to‘qnashib, n = 2 sathdagi vodorod atomini hosil qildi va foton nurlatdi.

    a) Elektronning boshlang‘ich kinetik energiyasi nimaga teng (eV)?

    eV
  53. 45-topshiriq · b)

    Impulsi 1,8·10−24 kg·m/s bo‘lgan elektron tinch turgan proton bilan to‘qnashib, n = 2 sathdagi vodorod atomini hosil qildi va foton nurlatdi.

    b) Atom qanday impulsli foton nurlatdi?

    ·10⁻²⁷ kg·m/s
Telegramda ulashish