Virtual laboratoriya

Bosh sahifa › Testlar › Kinematika › Tekis o‘zgaruvchan harakatda masofa va ko‘chish

Tekis o‘zgaruvchan harakatda masofa va ko‘chish

«Tekis o‘zgaruvchan harakatda masofa va ko‘chish» mavzusi bo‘yicha 50 ta test: A-daraja (25 ta) va B-daraja (25 ta).

Muallif: Dilmurod Xaydarov (@fizikezdan)

Masalalarda berilmagan hollarda havo qarshiligi va qo‘shimcha yo‘qotishlar hisobga olinmaydi.

  1. A-daraja · 1-savol

    Tinch holatdan (v0 = 0) tekis tezlanuvchan harakat boshlagan jismning t vaqtda bosib o‘tgan yo‘li qaysi formula bilan topiladi?
  2. A-daraja · 2-savol

    Boshlang‘ich tezligi v0x va tezlanishi ax bo‘lgan tekis o‘zgaruvchan harakatda ko‘chish proyeksiyasi formulasi qaysi?
  3. A-daraja · 3-savol

    Tekis o‘zgaruvchan harakatda ko‘chishni vaqtdan qat’i nazar, boshlang‘ich va oxirgi tezliklar orqali topish formulasi qaysi?
  4. A-daraja · 4-savol

    Tekis o‘zgaruvchan harakatda ko‘chishni o‘rtacha tezlik orqali ifodalovchi formula qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  5. A-daraja · 5-savol

    Tekis o‘zgaruvchan harakatda vx(t) grafigi va vaqt o‘qi orasida hosil bo‘lgan shaklning (uchburchak yoki trapetsiyaning) yuzasi son jihatdan nimaga teng?
  6. A-daraja · 6-savol

    Rasmda tinch holatdan (v0 = 0) a = 2 m/s2 tezlanish bilan harakat boshlagan avtomobil tasvirlangan. U 5 s da qancha masofa bosib o‘tadi?
    6-savol uchun rasm
  7. A-daraja · 7-savol

    Rasmdagi qiya novdan tinch holatdan a = 4 m/s2 tezlanish bilan dumalay boshlagan sharcha 3 s da qancha yo‘l bosadi?
    7-savol uchun rasm
  8. A-daraja · 8-savol

    Boshlang‘ich tezligi v0 = 4 m/s bo‘lgan jism a = 2 m/s2 tezlanish bilan 5 s tekis tezlanuvchan harakatlandi. U bosib o‘tgan yo‘lni toping.
  9. A-daraja · 9-savol

    10 m/s tezlik bilan ketayotgan velosipedchi 2 m/s2 tezlanish bilan 4 s tekis tezlashdi. Shu vaqtda u qancha masofa yurgan?
  10. A-daraja · 10-savol

    Rasmdagi avtomobil v0 = 20 m/s tezlikdan a = 4 m/s2 tezlanish bilan tormozlana boshladi. Dastlabki 3 s da u qancha yo‘l bosadi?
    10-savol uchun rasm
  11. A-daraja · 11-savol

    Tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat boshlagan jism 4 s ichida 32 m yo‘l bosdi. Jismning tezlanishini toping.
  12. A-daraja · 12-savol

    Tinch holatdan a = 2 m/s2 tezlanish bilan harakat boshlagan jism 36 m masofani necha sekundda bosib o‘tadi?
  13. A-daraja · 13-savol

    Jism 6 s davomida tezligini 4 m/s dan 16 m/s gacha tekis oshirdi. Shu vaqtda jism qancha yo‘l bosgan?
  14. A-daraja · 14-savol

    20 m/s tezlik bilan kelayotgan poyezd tormozlanib 10 s da to‘xtadi. Poyezdning tormoz yo‘lini toping.
  15. A-daraja · 15-savol

    Rasmdagi samolyot tinch holatdan a = 2 m/s2 tezlanish bilan tezlashib, 40 m/s tezlikda yerdan ko‘tarildi. Samolyot yerdan ko‘tarilguncha qancha masofa yurgan?
    15-savol uchun rasm
  16. A-daraja · 16-savol

    10 m/s tezlik bilan ketayotgan avtomobil 2 m/s2 tezlanish bilan tormozlanib to‘xtadi. Avtomobilning tormoz yo‘li qancha?
  17. A-daraja · 17-savol

    Boshlang‘ich tezligi 6 m/s bo‘lgan jism 4 m/s2 tezlanish bilan harakatlanib, tezligini 10 m/s ga yetkazdi. Jism qancha yo‘l bosgan?
  18. A-daraja · 18-savol

    36 km/soat tezlik bilan ketayotgan avtomobil tormozlanib 5 s da to‘xtadi. Uning tormoz yo‘lini toping.
  19. A-daraja · 19-savol

    Jismning harakat tenglamasi x = 5 + 4t + 2t2 (SI) ko‘rinishda berilgan. Uning boshlang‘ich koordinatasi x0, boshlang‘ich tezligi v0x va tezlanishi ax ni aniqlang.
  20. A-daraja · 20-savol

    Jism ko‘chishining vaqtga bog‘lanish tenglamasi Sx = 6t + 3t2 (SI). Dastlabki 2 s ichida jismning ko‘chishi qanchaga teng?
  21. A-daraja · 21-savol

    Moddiy nuqta x = 10 + 2t + t2 (SI) qonun bo‘yicha harakatlanmoqda.t = 4 s paytda uning koordinatasi qanday bo‘ladi?
  22. A-daraja · 22-savol

    Ko‘chish tenglamasi Sx = 12t −2t2 (SI) bo‘lgan jismning boshlang‘ich tezligi (v0x) va tezlanish proyeksiyasini (ax) toping.
  23. A-daraja · 23-savol

    Chizmadagi vx(t) grafikdan foydalanib, jismning dastlabki 6 s ichida bosib o‘tgan yo‘lini toping.
    23-savol uchun rasm
  24. A-daraja · 24-savol

    Grafikda jism tezligining vaqtga bog‘lanishi vx(t) keltirilgan. Jism 5 s davomida qancha masofa bosib o‘tgan?
    24-savol uchun rasm
  25. A-daraja · 25-savol

    Tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat boshlagan jismning birinchi va ikkinchi sekundlarda bosib o‘tgan yo‘llari nisbati S1: S2 nimaga teng?
    25-savol uchun rasm
  26. B-daraja · 1-savol

    Rasmdagi qiya novdan tinch holatdan tekis tezlanuvchan dumalay boshlagan sharcha birinchi sekundda 2 m yo‘l bosdi. Sharcha dastlabki 4 s davomida jami qancha masofa bosadi?
    1-savol uchun rasm
  27. B-daraja · 2-savol

    Rasmda 72 km/soat tezlik bilan ketayotgan avtomobil to‘siqdan 45 m masofada 5 m/s2 tezlanish bilan tormozlana boshladi. Avtomobil to‘siqqa necha metr qolganda to‘xtaydi?
    2-savol uchun rasm
  28. B-daraja · 3-savol

    Rasmda ko‘rsatilgan uzunligi 0,8 m bo‘lgan miltiq stvolida o‘q tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakatlanib, 400 m/s tezlik bilan uchib chiqdi. O‘q stvol ichida qancha vaqt harakatlangan?
    3-savol uchun rasm
  29. B-daraja · 4-savol

    Rasmda bir-biridan 100 m masofada tinch turgan ikki avtomobil bir vaqtda bir-biriga qarab a1 = 3 m/s2 va a2 = 5 m/s2 tezlanishlar bilan harakat boshladi. Ular necha sekunddan keyin uchrashadi?
    4-savol uchun rasm
  30. B-daraja · 5-savol

    Rasmdagi qiya tekislik bo‘ylab yuqoriga v0 = 12 m/s boshlang‘ich tezlik bilan turtilgan sharcha a = 3 m/s2 o‘zgarmas tezlanish bilan harakatlanmoqda. Dastlabki 6 s da sharchaning bosib o‘tgan umumiy yo‘li (s) va ko‘chish modulini (S) toping.
    5-savol uchun rasm
  31. B-daraja · 6-savol

    Stansiyadan tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat boshlagan poyezdning birinchi vagoni kuzatuvchi yonidan 4 s da o‘tdi. Dastlabki 4 ta bir xil vagon kuzatuvchi yonidan jami necha sekundda o‘tadi?
    6-savol uchun rasm
  32. B-daraja · 7-savol

    Tinch holatdan a = 4 m/s2 tezlanish bilan harakat boshlagan jism beshinchi sekundda qancha yo‘l bosib o‘tadi?
  33. B-daraja · 8-savol

    Boshlang‘ich tezligi v0 = 5 m/s va tezlanishi a = 2 m/s2 bo‘lgan tekis tezlanuvchan harakatda jism to‘rtinchi sekundda qancha masofa bosadi?
  34. B-daraja · 9-savol

    Tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat boshlagan jism uchinchi sekundda 10 m yo‘l bosdi. Jismning tezlanishini va beshinchi sekundda bosadigan yo‘lini toping.
  35. B-daraja · 10-savol

    Tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat boshlagan jismning ketma-ket birinchi, ikkinchi va uchinchi sekundlarda bosib o‘tgan yo‘llari nisbati S1: S2: S3 qanday?
  36. B-daraja · 11-savol

    Tekis sekinlanuvchan harakatlanib to‘xtagan avtomobil to‘xtashidan oldingi oxirgi 1 sekundda 3 m yo‘l bosdi. Avtomobilning tormozlanish tezlanishini toping.
  37. B-daraja · 12-savol

    20 m/s tezlik bilan ketayotgan avtomobil 4 m/s2 tezlanish bilan tormozlandi. Tormozlanish boshlangandan 7 s ichida avtomobil qancha yo‘l bosgan?
  38. B-daraja · 13-savol

    O‘zgarmas tezlanish bilan tormozlanayotgan avtomobil tezligi 2 marta kamayganda uning to‘xtaguncha qolgan tormoz yo‘li necha marta kamayadi?
  39. B-daraja · 14-savol

    Jismning harakat tenglamasi x = 8 + 6t + 2t2 (SI) ko‘rinishda berilgan. Dastlabki 4 s da jismning ko‘chishi (Sx) va t = 4 s dagi koordinatasini (x) toping.
  40. B-daraja · 15-savol

    Moddiy nuqta x = 12t −3t2 (SI) qonun bo‘yicha harakatlanmoqda. Dastlabki 3 s davomida nuqta bosib o‘tgan umumiy yo‘l (s) va ko‘chish modulini (S) toping.
  41. B-daraja · 16-savol

    Ikki jismning OX o‘qi bo‘ylab harakat tenglamalari x1 = 2t2 va x2 = 16+4t (SI) ko‘rinishda berilgan. Ular qaysi vaqtda va qaysi koordinatada uchrashadi?
  42. B-daraja · 17-savol

    Tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat boshlagan jism yo‘lning dastlabki 16 m qismini 4 s da bosib o‘tdi. Keyingi 48 m qismini necha sekundda bosib o‘tadi?
  43. B-daraja · 18-savol

    Avtomobil 40 m masofada tezligini 6 m/s dan 14 m/s gacha tekis oshirdi. Avtomobilning tezlanishi (a) va shu masofani o‘tish vaqtini (t) toping.
  44. B-daraja · 19-savol

    Ko‘chish tenglamasi Sx = 20t−2t2 (SI) bo‘lgan jism to‘liq to‘xtaguncha qancha masofa bosib o‘tadi?
  45. B-daraja · 20-savol

    Grafikda jism tezligining vaqtga bog‘lanishi v(t) tasvirlangan. Dastlabki 9 s davomida jism bosib o‘tgan umumiy yo‘lni toping.
    20-savol uchun rasm
  46. B-daraja · 21-savol

    Chizmadagi vx(t) grafik asosida jismning 5 s davomida bosib o‘tgan umumiy yo‘li (s) va ko‘chish modulini (S) aniqlang.
    21-savol uchun rasm
  47. B-daraja · 22-savol

    Bir nuqtadan bir vaqtda chiqqan ikki jismning v(t) grafiklari keltirilgan. Ikkinchi jism birinchi jismni necha sekunddan keyin va qancha masofada quvib yetadi?
    22-savol uchun rasm
  48. B-daraja · 23-savol

    Chizmada keltirilgan vx(t) grafik bo‘yicha jismning 6 s davomida bosib o‘tgan yo‘li (s) va ko‘chishini (S) toping.
    23-savol uchun rasm
  49. B-daraja · 24-savol

    Bir nuqtadan bir vaqtda bir yo‘nalishda chiqqan ikki avtomobilning v(t) grafiklari berilgan. t = 4 s paytda ular orasidagi masofa qanchaga teng bo‘ladi?
    24-savol uchun rasm
  50. B-daraja · 25-savol

    Grafikda tinch holatdan (v0 = 0) tekis tezlanuvchan harakat boshlagan jism koordinatasining vaqtga bog‘lanish parabolasi x(t) berilgan. Jismning tezlanishi (a) va t = 6 s paytdagi koordinatasini (x) toping.
    25-savol uchun rasm

Mavzuga oid laboratoriya

Laboratoriyada sinab ko'ringErkin tushishSaytdagi 3D laboratoriya →Telegramda ulashish