Virtual laboratoriya

Bosh sahifa › Testlar › Kinematika › Notekis harakat

Notekis harakat

«Notekis harakat» mavzusi bo‘yicha 50 ta test: A-daraja (25 ta) va B-daraja (25 ta).

Muallif: Dilmurod Xaydarov (@fizikezdan)

  1. A-daraja · 1-savol

    Jism teng vaqt oraliqlarida har xil yo‘llarni bosib o‘tadigan harakatga nima deyiladi?
  2. A-daraja · 2-savol

    Notekis harakatda o‘rtacha yo‘l tezligi qaysi formula bilan hisoblanadi?
  3. A-daraja · 3-savol

    Harakatlanayotgan jismning trayektoriyaning berilgan nuqtasidagi yoki berilgan vaqt onidagi tezligi nima deb ataladi?
  4. A-daraja · 4-savol

    Avtomobil panelidagi spidometr harakat davomida qaysi tezlikning qiymatini ko‘rsatadi?
  5. A-daraja · 5-savol

    Egri chiziqli notekis harakatda jismning oniy tezlik vektori trayektoriyaning har bir nuqtasida qanday yo‘nalgan bo‘ladi?
  6. A-daraja · 6-savol

    Ko‘chish bo‘yicha o‘rtacha tezlik vektori vk qaysi formula orqali aniqlanadi?
  7. A-daraja · 7-savol

    Jism dastlabki 2 s da 10 m, keyingi 3 s da esa 20 m yo‘l bosdi. Uning o‘rtacha tezligini toping.
  8. A-daraja · 8-savol

    Velosipedchi dastlab 4 s da 24 m, so‘ngra 6 s da 56 m yurdi. Butun harakat davomidagi o‘rtacha tezlikni aniqlang.
  9. A-daraja · 9-savol

    Avtomobil birinchi soatda 50 km, keyingi 2 soat da esa 130 km yo‘l bosdi. Avtomobilning o‘rtacha tezligi qancha?
  10. A-daraja · 10-savol

    Jism dastlabki 3 s da 12 m/s tezlik bilan, keyingi 2 s da esa 7 m/s tezlik bilan yurdi. O‘rtacha tezlikni toping.
  11. A-daraja · 11-savol

    Piyoda 5 s davomida 4 m/s tezlikda, keyingi 5 s da esa 8 m/s tezlikda harakatlandi. Uning o‘rtacha tezligi qancha?
  12. A-daraja · 12-savol

    Sportchi 100 m masofani 10 s da, qolgan 200 m masofani esa 15 s da yugurib o‘tdi. Uning o‘rtacha tezligini toping.
  13. A-daraja · 13-savol

    Avtobus 150 km yo‘lni 3 soat da bosib o‘tdi va bekatda 2 soat to‘xtab turdi. Butun 5 soat davomidagi o‘rtacha tezlikni toping.
  14. A-daraja · 14-savol

    Notekis harakatlanayotgan avtomobilning o‘rtacha tezligi 15 m/s ga teng. U 8 s davomida qancha yo‘l bosib o‘tadi?
  15. A-daraja · 15-savol

    O‘rtacha tezligi 72 km/soat bo‘lgan poyezd 400 m masofani necha sekundda bosib o‘tadi?
  16. A-daraja · 16-savol

    Jism ketma-ket 2 s da 10 m, 3 s da 25 m va 5 s da 15 m yo‘l yurdi. Butun harakatdagi o‘rtacha tezlikni aniqlang.
  17. A-daraja · 17-savol

    O‘quvchi 4 s da 40 m yugurdi, 2 s to‘xtab turdi va yana 4 s da 20 m yurdi. Uning o‘rtacha tezligi qancha?
  18. A-daraja · 18-savol

    O‘quvchi uyidan 600 m uzoqlikdagi maktabga 5 minut da borib, yana 5 minut da uyiga qaytdi. Uning yo‘l bo‘yicha o‘rtacha tezligini (m/s) toping.
  19. A-daraja · 19-savol

    O‘quvchi uyidan maktabga borib, qaytib yana uyiga keldi. Uning butun harakat davomidagi ko‘chish bo‘yicha o‘rtacha tezligi nimaga teng?
  20. A-daraja · 20-savol

    Avtomobil dastlabki 10 s da 12 m/s, keyingi 10 s da esa 18 m/s tezlik bilan yurdi. O‘rtacha tezlikni toping.
  21. A-daraja · 21-savol

    Jism harakat vaqtining birinchi yarmida 10 m/s, ikkinchi yarmida esa 14 m/s tezlik bilan harakatlandi. O‘rtacha tezlikni toping.
  22. A-daraja · 22-savol

    Avtomobil yo‘lning birinchi yarmini 20 km/soat, ikkinchi yarmini esa 30 km/soat tezlik bilan bosib o‘tdi. Butun yo‘ldagi o‘rtacha tezlikni toping.
  23. A-daraja · 23-savol

    Chizmadagi s(t) grafikdan foydalanib, jismning dastlabki 8 s davomidagi o‘rtacha tezligini toping.
    23-savol uchun rasm
  24. A-daraja · 24-savol

    Grafikda jism tezligining vaqtga bog‘lanishi v(t) berilgan. Butun 6 s davomidagi o‘rtacha tezlikni aniqlang.
    24-savol uchun rasm
  25. A-daraja · 25-savol

    Velosipedchi 20 km yo‘lni 10 km/soat tezlikda, keyingi 40 km yo‘lni esa 20 km/soat tezlikda bosib o‘tdi. Uning o‘rtacha tezligi qancha?
  26. B-daraja · 1-savol

    Avtomobil yo‘lning birinchi yarmini 40 km/soat, ikkinchi yarmini esa 60 km/soat tezlik bilan o‘tdi. Uning butun yo‘ldagi o‘rtacha tezligini toping.
  27. B-daraja · 2-savol

    Avtomobil yo‘lning birinchi yarmini 30 km/soat tezlik bilan bosib o‘tdi. Agar butun yo‘ldagi o‘rtacha tezlik 40 km/soat bo‘lsa, avtomobil yo‘lning ikkinchi yarmini qanday tezlik bilan bosgan?
  28. B-daraja · 3-savol

    Jism butun yo‘lning 14 qismini 10 m/s, qolgan 34 qismini esa 30 m/s tezlik bilan bosib o‘tdi. Butun yo‘ldagi o‘rtacha tezlikni toping.
  29. B-daraja · 4-savol

    Avtomobil yo‘lning birinchi uchdan bir qismini 15 m/s, ikkinchi uchdan bir qismini 30 m/s, oxirgi uchdan bir qismini esa 10 m/s tezlik bilan yurdi. O‘rtacha tezlikni aniqlang.
  30. B-daraja · 5-savol

    Poyezd yo‘lning 60 % qismini 30 km/soat, qolgan 40 % qismini esa 20 km/soat tezlik bilan bosib o‘tdi. Poyezdning o‘rtacha tezligini toping.
  31. B-daraja · 6-savol

    Avtomobil yo‘lning birinchi yarmini 15 m/s tezlikda bosdi. Yo‘lning ikkinchi yarmini esa ikkita teng vaqt oralig‘ida mos ravishda 20 m/s va 40 m/s tezliklar bilan yurdi. Butun yo‘ldagi o‘rtacha tezlikni toping.
  32. B-daraja · 7-savol

    Jism harakat vaqtining 13 qismida 12 m/s, qolgan 23 qismida esa 18 m/s tezlik bilan harakatlandi. O‘rtacha tezlikni toping.
  33. B-daraja · 8-savol

    Avtomobil butun harakat vaqtining birinchi yarmida 14 m/s tezlik bilan yurdi. Agar butun vaqt davomidagi o‘rtacha tezlik 19 m/s bo‘lsa, vaqtning ikkinchi yarmidagi tezlik qancha bo‘lgan?
  34. B-daraja · 9-savol

    Velosipedchi harakat vaqtining 14 qismida 8 m/s tezlikda yurdi, 14 qismida dam oldi (to‘xtab turdi), qolgan yarmida esa 20 m/s tezlikda yurdi. O‘rtacha tezlikni toping.
  35. B-daraja · 10-savol

    Jism butun harakat vaqtining 20 % ida 10 m/s, 30 % ida 20 m/s va 50 % ida 30 m/s tezlik bilan harakatlandi. Uning o‘rtacha tezligini toping.
  36. B-daraja · 11-savol

    Poyezd 180 km masofani o‘rtacha 60 km/soat tezlik bilan bosib o‘tishi kerak. U dastlabki 60 km ni 40 km/soat tezlikda yurdi. Qolgan yo‘lni poyezd qanday tezlik bilan bosishi kerak?
  37. B-daraja · 12-savol

    Avtomobil 120 km yo‘lni 60 km/soat tezlikda bosdi, so‘ngra 30 minut to‘xtab dam oldi va qolgan 120 km ni 80 km/soat tezlikda yurdi. Butun harakat davomidagi o‘rtacha tezlikni toping.
  38. B-daraja · 13-savol

    Sayyoh 5 s da 30 m shimolga, keyingi 5 s da esa 40 m sharqqa yurdi. Uning yo‘l bo‘yicha (vo‘rt) va ko‘chish bo‘yicha (vk) o‘rtacha tezliklarini toping.
  39. B-daraja · 14-savol

    Sportchi radiusi R = 20 m bo‘lgan aylana bo‘ylab yarim aylanishni 10 s da yugurib o‘tdi (π ≈ 3,14). Uning yo‘l bo‘yicha va ko‘chish bo‘yicha o‘rtacha tezliklarini aniqlang.
  40. B-daraja · 15-savol

    Koptok 8 m balandlikdan tashlandi, polga urilib 2 m balandlikka sakragan zahoti tutib olindi. Butun jarayon 2 s davom etgan bo‘lsa, yo‘l va ko‘chish bo‘yicha o‘rtacha tezliklarni toping.
  41. B-daraja · 16-savol

    Moddiy nuqta OX o‘qi bo‘ylab x0 = −4 m nuqtadan x1 = 20 m nuqtaga, so‘ngra x2 = 8 m nuqtaga jami 6 s da bordi. Yo‘l va ko‘chish bo‘yicha o‘rtacha tezliklarni toping.
  42. B-daraja · 17-savol

    Jism yo‘lning birinchi yarmini v, ikkinchi yarmini esa 3v tezlik bilan bosib o‘tdi. Jismning o‘rtacha tezligi v dan necha marta katta?
  43. B-daraja · 18-savol

    Avtomobil 300 m uzunlikdagi tepalikka 10 m/s tezlikda chiqib, 600 m uzunlikdagi nishablikdan 30 m/s tezlikda tushdi. Butun yo‘ldagi o‘rtacha tezlikni toping.
  44. B-daraja · 19-savol

    Matematik jihatdan oniy tezlik ∆t vaqt oralig‘i nolga intilganda (∆t →0) qaysi nisbatning limitiga teng?
  45. B-daraja · 20-savol

    Bir xil masofani bosib o‘tayotgan ikki jismdan birinchisi yo‘lning yarmida 4 m/s, qolgan yarmida 12 m/s; ikkinchisi esa vaqtning yarmida 4 m/s, qolgan yarmida 12 m/s tezlikda yurdi. Ikkinchi jismning o‘rtacha tezligi birinchisinikidan necha marta katta?
  46. B-daraja · 21-savol

    Grafikda notekis harakatlanayotgan jism yo‘lining vaqtga bog‘lanishi s(t) tasvirlangan. Butun 10 s davomidagi o‘rtacha tezlikni va eng katta tezlik qiymatini toping.
    21-savol uchun rasm
  47. B-daraja · 22-savol

    Chizmadagi v(t) grafik asosida jismning dastlabki 10 s davomidagi o‘rtacha tezligini toping.
    22-savol uchun rasm
  48. B-daraja · 23-savol

    Grafikda jism tezligining vaqtga bog‘lanishi v(t) berilgan. Jismning 0 dan 8 s gacha bo‘lgan o‘rtacha tezligini aniqlang.
    23-savol uchun rasm
  49. B-daraja · 24-savol

    Chizmada jism koordinatasining vaqtga bog‘lanish grafigi x(t) keltirilgan. 10 s davomidagi yo‘l bo‘yicha (vo‘rt) va ko‘chish bo‘yicha (vk) o‘rtacha tezliklarni toping.
    24-savol uchun rasm
  50. B-daraja · 25-savol

    Chizmadagi vx(t) grafik bo‘yicha jismning 10 s davomidagi yo‘l bo‘yicha (vo‘rt) va ko‘chish bo‘yicha (vk) o‘rtacha tezliklarini aniqlang.
    25-savol uchun rasm

Mavzuga oid laboratoriya

Laboratoriyada sinab ko'ringAtvud mashinasiSaytdagi 3D laboratoriya →Telegramda ulashish